D tashmuxamedova
Auktsionni amalga oshirish tartibi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Auktsionni amalga oshirish tartibi
Dastlab lot moderatsiyaga qo‘yiladi. Moderatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tgach, Elektron tizim byudjet buyurtmachisi bo‘yicha zarur mablag‘lar mavjudligini tasdiqlash uchun talab etilayotgan to‘lovlar so‘rovnomasini Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuboradi. Korporativ buyurtmachilar Lotni elektron tizimda faollashishi uchun moderatsiyadan o‘tishi va yetarli miqdordagi mablag‘ avans to‘lovi sifatida Hisob-kitob kliring palatasidagi shaxsiy raqamga o‘tkazilishi 306 kifoya. Har ikki yo‘nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 10 kun davomida faol bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‘ich narxni bosqichma-bosqich pasaytirib borish tizimida narx taklif qiladilar. Savdoda lotning boshlang‘ich narxi 2% miqdordan tushirib boriladi. Buyurtmachi tovarga narx taklif berish jarayonida ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx berilgan oxirgi narxdan 15% va undan past miqdorda bo‘lsa, oxirgi va taklif etilgan narx o‘rtasidagi farqli qiymatda zakalat kiritiladi. Qo‘shimcha zakalat bo‘lmagan taqdirda bu taklif avtomatik tarzda elektron tizim tomonidan rad etiladi. Auktsion yakunida elektron tizim avtomatik tarzda eng past miqdorda berilgan narx egasini auktsion g‘olibi, deb topadi. Auktsionning yakunlanish muddati faqat birjaning ish kunlari va vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Auktsion natijasiga muvofiq buyurtmachi va yetkazib beruvchining shaxsiy kabinetida elektron shaklda shartnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi. Shartnomani “Bitimlar reyestri”dan topish mumkin. Buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan bitim haqiqiy deb hisoblanadi. Agar auktsionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa, auktsion o‘tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida auktsionni 5 kunga uzaytiradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling