D tashmuxamedova


Elektron do‘konda Narxlar so‘rovi mexanizmining ishlash tartibi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Elektron do‘konda Narxlar so‘rovi mexanizmining ishlash tartibi 
Buyurtmachi shaxsiy kabinetga kirib, o‘ziga zarur tovarni tanlagach, narxlar 
so‘rovi mexanizmini ishga tushirishi mumkin. Mazkur mexanizm ishga tushgach, 
elektron tizim byudjet buyurtmachisi bo‘yicha zarur mablag‘lar mavjudligini 
tasdiqlash uchun talab etilayotgan to‘lovlar so‘rovnomasini avtomatik tarzda 


303 
Moliya 
vazirligining 
G‘aznachiligiga yuboradi. G‘aznachilik tomonidan 
mablag‘lar mavjudligi tasdiqlanganidan keyin, byudjet buyurtmachisi avans 
to‘lovini kiritadi va savdo boshlanadi. Albatta, savdolar boshlanishi uchun 
Buyurtmachi yetarli avans to‘lovlarini kiritishi lozim. Savdolar jaryonida 
ishtirokchilar 48 soat mobaynida lot bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin. 48 
soat yakunlangach, mexanizm eng past narx bergan ishtirokchini savdoning g‘olibi 
deb topadi. Keyin buyurtmachi va g‘olib ishtirokchi o‘rtasida shartnoma avtomatik 
tarzda ularning shaxsiy kabinetida elektron shaklda tuziladi va ro‘yxatga olinadi. 
Agar ishtirokchilardan hech qaysi biri narx taklif etmasa, buyurtmachi va ofertani 
joylashtirgan ishtirokchi o‘rtasida shartnoma tuziladi va ro‘yxatga olinadi. 
Buyurtmachilar tomonidan to‘lovni o‘tkazish tartibi 

Shaxsiy kabinetda buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida shartnoma 
rasmiylashtirilgandan keyin, byudjet buyurtmachisi 10 kun ichida Birjaning 
G‘aznachilikdagi maxsus hisob varag‘iga pul o‘tkazadi. Korporativ 
buyurtmachisi esa pul mablag‘ini 10 kun ichida Birjaning hisobraqamiga 
o‘tkazadi. 

Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‘lov qabul qilinganligi 
to‘g‘risida xabar yuboradi. 

Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga 
muvofiq tovarni yetkazib beradi. 

Tovar qabul qilingach, buyurtmachi 3 kun ichida Byudjet tashkilotlari 
buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy 
kompleksi orqali tovarni to‘liq hajmda qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar 
jo‘natadi. 

Shartnoma 
bo‘yicha 
mablag‘ Hisob-kitob kliring orqali, tovar 
buyurtmachiga to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng ijrochiga o‘tkaziladi. 

Byudjet buyurtmachilari toifasida tovar to‘liq yetkazib berilgach, 3 % 
zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan avtomat tarzda 
byudjet buyurtmachisining tegishli shaxsiy hisob varag‘iga qaytariladi. 


304 
Buyurtmachi belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmaca, bunday 
hollarda belgilangan tartibga ko‘ra, agar buyurtmachi shartnomada belgilangan 
muddatda to‘lovni amalga oshirmasa, uning zakalat mablag‘i 3 ish kunida 
Ijrochining Hisob-kitob kliring palatasidagi hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Sud yoki 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasining 
tegishli qaroriga muvofiq buyurtmachi yoki ijrochining zakalati banddan yechiladi 
yoki jarima sifatida zarar ko‘rgan tomonga o‘tkaziladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling