D tashmuxamedova


Byudjet buyurtmachisi auktsion orqali ishtirokchi bilan shartnoma


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Byudjet buyurtmachisi auktsion orqali ishtirokchi bilan shartnoma 
rasmiylashtirgandan keyin, to‘lovni amalga oshiradi 
Shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin byudjet buyurtmachisi 10 kun ichida 
Birjaning G‘aznachilikdagi maxsus hisob varag‘iga pul o‘tkazadi. Birja ijrochiga 
shaxsiy kabinet orqali 100% to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. 
Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga 
muvofiq tovarni yetkazib beradi. Tovar qabul qilingach, buyurtmachi 3 kun ichida 
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan 
tizimining dasturiy kompleksi orqali tovarni to‘liq hajmda qabul qilinganligi 
to‘g‘risida xabar jo‘natadi. Shartnoma bo‘yicha mablag‘ Hisob-kitob kliring orqali, 
tovar buyurtmachiga to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng ijrochiga o‘tkaziladi. Tovar 
to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi 


307 
tomonidan avtomat ravishda byudjet buyurtmachisining tegishli shaxsiy hisob 
varag‘iga qaytariladi. 
O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi tomonidan byudjetdan 
mablag‘ oluvchilarga login va parollar berilishi hamda byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar tomonidan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar matni maxsus axborot 
portaliga joylashtirilishi bepul amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarda 
ayrim turdagi tovarlar bo‘yicha bitta e’lon predmetida bir nechta tovarlar (ish, 
xizmat) ro‘yxatini ko‘rsatishi mumkin. Bunda, quyidagi bir nechta tovarlar 
bo‘yicha umumlashtirilgan holda e’lon berilishi mumkin:

kantselyariya mahsulotlari; 

oziq-ovqat mahsulotlari; 

dori-darmon vositalari (savdo o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilgan 
hollarda); 

ta’mirlash ishlari; 

boshqa bir tipdagi tovar(ish, xizmat)lar (Hukumat komissiyasining ishchi 
organi bilan kelishilgan holda).
Bunda, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir nechta tovarlar (ish, xizmat) 
ro‘yxatini e’lon ilovasida alohida ko‘rsatadi. 
Elektron savdoda qatnashish to‘g‘risida e’lon va talabnoma. 1 ming AQSh 
dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha – narxi, sifati va tovarlar (ishlar, 
xizmatlar)ni yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni 
taklif qilgan yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish 
orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha 
hisoblanadi; 
1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha — 
buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan 
eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori 


308 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eng yaxshi taklif kelib tushgan 
sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi; 
100 ming AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bitta kontrakt bo‘yicha — 
buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat 
qo‘mitasi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek buyurtmachining tarmoq 
ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini albatta jalb etgan holda tuziladigan 
idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) 
savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi
99
.
Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling