312
10-BOB. G‘aznachilik faoliyati nazorati
Reja:
10.1. Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati nazoratining
tutgan o‘rni
10.2. G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini ro‘yxatga olish asosida
nazoratni tashkil etish
10.3. G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish
10.4. G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
10.1. Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati nazoratining
tutgan o‘rni
G‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga
mos holda
davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy
munosabatlarning yig‘indisidan iborat. Bu munosabatlar
davlat byudjetining
daromad va xarajatlari bo‘yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli,
O‘zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy G‘aznachiligi tizimi Davlat byudjetining
G‘azna ijrosi jarayonida byudjet mablag‘larini maqsadli
va samarali sarflanishini
ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratni
shakllanishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, resurslarni
cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan,
moliyaviy mablag‘lar qanchalik oqilona sarflansa korxona ixtiyorida aylanma
mablag‘lar ko‘payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya
hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan esa investitsiya jalb
etilgan taqdirda investorga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni sifati
ta’minlanadi.
100
100
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
New Jersey, 2010.
313
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g‘ri
belgilash muhim
hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo‘lish maqsadga muvofiq
hisoblanadi:
byudjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo‘jalik(tadbirkorlik, tijorat)
nazorati, mustaqil audit
101
(1-rasm).
Byudjet moliyaviy
nazorati
Moliyaviy- xo‘jalik
(tijorat, tadbirkorlik
nazorati)
Mustaqil audit
Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda
o‘g‘irliklar sodir bo‘lganda yuqori tashkilotga taqdim
etish
Auditorlik
firmasining
maslahat xizmatlari
Do'stlaringiz bilan baham: