D tashmuxamedova
-rasm. Moliyaviy nazorat turlari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat moliyaviy nazorati mexanizmi
1-rasm. Moliyaviy nazorat turlari Davlatimizning milliy me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki nazorat to‘g‘risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Albatta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilarda ichki nazorat tizimi har xil bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu - moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir. Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisidir. G‘aznachilik ijrosi davomida byudet mablag‘larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy majburiyatlarning majburan g‘aznachilik bo‘linmalarida shakllantirilishi asosida amalga oshiriladi. 101 Ibragimov A., Sugirbayev B. Budjet nazorati va auditi: O‘quv qo‘llanma T.: infoCOM.UZ, 2010. 314 Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud. Xususan SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission) tavsiyalarida ichki nazoratni shunday ta’riflagan - “Ichki nazorat bu – tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon” 102 . Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi, menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish kabi kategoriyalarga yo‘naltiriladi 103 . Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan. G‘aznachilik bo‘linmalarida ichki nazoratni tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funksiyalar ham asos hisoblanadi. G‘aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo‘linma faoliyati samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’i rioya qilinishini ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato va kamchiliklarni oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobini yuritilishiga va hisobotlarni sifatli tuzilishiga yo‘naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G‘aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va 102 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010. 103 Акперов И.Г. и др. Казначейская система исполнения бюджета в Российской Федератции: Учебное пособие. И.А.Коноплева, С.П.Головач. – M.: Финансы и статистика, 2007. С. 352. 315 tejab foydalanish, g‘aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko‘rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatda byudjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig‘indisi orqali bir obyektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo‘ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir 104 . Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi. 2-rasm. Davlat moliyaviy nazorati mexanizmi Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati subyektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti – bu, byudjet ttizimi byudjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo‘yicha biror-bir imtiyozlardir. 104 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010. Nazorat subyekti Nazorat tamoyillari Nazorat texnologiyasi Nazorat usullari Nazorat obyekti to‘g‘risida ma’lumot bazasi Nazorat obyekti Nazorat predmeti 316 Byudjet kodeksiga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy nazoratini 105 : o byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; o xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling