D tashmuxamedova
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan
bo‘lishi shart. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining texnik shartlar tasdiqlangan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tanlov (tender) komissiyalari tarkiblari va tegishli tartib-taomillar ushbu qaror talablariga muvofiqlashtiradi. Buyurtmachilarning rahbarlari davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirish tartibiga, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligiga rioya qilmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha qadar shaxsiy javobgar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Elektron savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon maxsus axborot portaliga faqatgina buyurtmachining agenti orqali joylashtiriladi va ushbu e’lon o‘z navbatida elektron tizimda talabnoma ko‘rinishida shakllanadi. Elektron savdolar o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: 99 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli qarori asosida. 309 buyurtmachining nomi va manzili; savdolar maqsadini moliyalashtirish manbasi; birinchi va oxirgi savdo kuni (savdo muddati); savdolar maqsadining boshlang‘ich narxi; savdolar maqsadining xarakteristikasi (savdo maqsadining spetsifikatsiyasi); lotning miqdori; tovarlarni yetkazib berish muddati va sharti; tovarlarni yetkazib berish joyi (manzili). Byudjetdan mablag‘ oluvchi boshlang‘ich narxni internet, maxsus gazeta va jurnallar va matbuotda chop etilgan boshqa tovar (ish, xizmat) narxlaridan hamda respublika ichki bozorlaridagi (korxona va firmalar) narxlardan foydalangan holda mustaqil belgilaydilar va elektron savdolarda qatnashish uchun maxsus axborot portalida e’lon bergan kundan boshlab 25 kun ichida O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga boshlang‘ich narxning 0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yig‘imi sifatida avans to‘lovini amalga oshiradi. Byudjetdan mablag‘ oluvchi to‘lov topshiriqnomasining “To‘lovchining nomi” ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi, “To‘lovchining hisobraqami” ustunida – tegishli g‘azna hisobvarag‘i, “To‘lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami va byudjetdan mablag‘ oluvchining nomi, byudjet tasnifining tegishli kodi, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, to‘lov maqsadi, shuningdek davlat xaridlari bo‘yicha savdolarda qatnashish uchun garov (zalog) summasi o‘tkaziladigan ID (shaxsiy hisobvaraq) raqami (garov (zalog) summasi o‘tkazish uchun “O‘zRTXAB” OAJ hisob-kitob kliring palatasidan olingan ID raqam) ko‘rsatiladi. Agarda byudjetdan mablag‘ oluvchining O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘i birja xizmatini (boshlang‘ich baho hisob- kitobidan) to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, byudjetdan mablag‘ oluvchi 310 tomonidan maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 25 kun o‘tishi bilan talabnoma avtomat tarzda o‘chiriladi. Qog‘oz formatdagi savdolar bayonnomasi birja yoki birjaning mintaqaviy savdo maydoni va yetkazib beruvchi (uning agenti) tomonidan ikki nusxada imzolanishi kerak, ulardan biri buyurtmachiga (uning agentiga) beriladi. Buyurtmachi va savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi savdolar bayonnomasi asosida savdolar g‘olibi aniqlangan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida har bir lot bo‘yicha alohida kontrakt tuzishi shart. Byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan maxsus axborot portaliga (elektron savdo tizimiga) joylashtirilgan e’lon (talabnoma) bo‘yicha tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bitta yoki umuman taklif tushmagan hollarda, savdo o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va bu to‘g‘risida savdo bayonnomasi (tiket) nusxasini O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi yoki uning hududiy bo‘limlari 1 kun ichida tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilarga yoki ularning agentlariga taqdim qiladi. Xulosa qilib aytganda, davlat xaridlari tizimini samarali tashkil etish davlat xaridlariga kichik biznes subyektlarini yanada ko‘proq jalb qilish, davlat ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olishda maqbul narxlarni qo‘llash, pirovardida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, davlat mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishining oldini olish, byudjet xarajatlarining samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling