Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
iqtisodiyot fakulteti 
iqtisodiyot (TARMOqLAR VA SOhALAR bO’YIchA) 
2-mutaxassislik 3-6 iqt im-20 guruh talabasi
Hojiyev nodirbekning Birja va rieltorlik ishi 
fanidan tayyorlagan 
mustaqil ishi
Mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati
 
 
 
 
 
 
Buxoro 2022 


 
Mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati
 
 
 
Reja: 
Kirish 
 
1. Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari. 
2. Birja savdolarini o’tkazish qoidalari 
3. Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi 
4. Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining 
asosiy turlari 
5. Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari 
 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


 
KIRISH 
 
Qadimdan «Birja» so’zi quyidagi uch xil voqyealikni ifodalash uchun 
qo’llanilgan: birinchidan, sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yig’ilishini, 
ikkinchidan bunday yig’ilishlarni o’tkazish joyini va uchinchidan shu vaqtda 
amalga oshiriladigan savdo-sotiqlar yig’indisini. Bu fikrlarning hammasi 
jamlansa. Ma’lum tarzda tashkil etilgan bozor yoki birja degan ma’no chiqadi. 
Birjaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u har doim ulgurji tarzda olib boriladi, 
savdo buyumi bo’lim esa ma’lum bo’lgan xususiyatlari, tavsilotlari avvaldan 
ko’rsatilgan, lekin sotish joyida yo’q bo’lgan qimmatbaho buyumlar, xom ashyo va 
mahsulotlar, qimmatbaho qog’ozlar, xizmat ishlari, ish kuchi va boshqalar bo’lishi 
mumkin. Birja bozori uchun xos bo’lgan narsalardan yana biri shuki, bu yerda 
ishbilarmonlarning muomala yoki oldi-berdi operasiyalari xar doim ko’pchilik 
oldida, avvaldan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda olib boriladi. Bundan 
maqsad shuka, xoxlaganlarning barchasi bunday savdoda ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo’lsinlar. Umuman «Birja» so’zi lotincha «BURSA» va nemischa 
«VORSE» so’zidan kelib chiqqan «cho’ntak» ma’nosini bildiradi. XV asrda 
Niderlandiyaning Bryugge shahridagi Van der Burs ismli savdogarning uyi 
oldidagi maydonda turli xil mamlakatlardan kelgan savdogarlar sotiladigan va 
olinadigan tovarlarni aslini aniq ko’rsatmay turib savdo to’g’risidagi ma’lumotlar 
bilan fikr almashishi va chet el veksellarini sotib olish va savdo operasiyalarini 
bajarish uchun to’planganlar. 
Van der Bursning tamg’asiga tushirilgan yana shu charm cho’ntakning uchta 
shakli uning uyi darvozasiga joylashtirilgan edi, natijada «birja» so’zi odatga kirib 
butun Yevropa kontinenti bo’ylab Rosssiyada ham yoyilib ketdi. 
Birja eng qadimiy savdo instituti bo’lib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, 
savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar 
guruhlarini ko’plab yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Demak, hozirgi birjalarning 
avlodi bo’lib, bozor va yarmarkalar hisoblanadi. Bozorda savdo muttasil olib 
borilar edi, ammo birjadan farq qilgan holda bozorda tovarning asli sotilib, odatda 
xarid qiluvchilar bo’lib tovarni iste’mol qiluvchilar hisoblanar edi. Yarmarkalarda 
tovarni o’zi bo’lmay uning namunasi, ulgurji partiyalari bo’yicha savdo qilinar edi 
va uni savdo vositachilari xarid qilar edilar. Yarmarkalarda eng kamyob va 
chaqqon tovar bo’lib pul hisoblanar edi. Yarmarkalar bir yilda bir necha marta 
o’tkazilar edi. Odatda. Yarmarkalar halqaro savdoni rivojlantirishga xizmat qilar, 
bozor esa cheklangan rayonlarda savdo oborotini taxminlar edi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling