Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati

2. Milliy ko’rgazmalar u yoki bu mamlakatning mehmondo’stlik 
industriyasining rivojlantirishga qaratilgan. Milliy ko’rgazmaning xalqaro 


ko’rgazmadan farqi shundaki, u katta maydon talab qilmaydi va bir mamlakat 
ichida, lekin har xil shaharlarida o’tkaziladi.
3. Mintaqalar bo’yicha ko’rgazmalar esa ham xalqaro, ham milliy 
forumlarning o’tkazilishiga o’xshaydi. Bunday ko’rgazmalarning eksponentlari bir 
mintaqa kompaniyalaridir. Tashkilotchi jihatidan ko’pincha yirik kompaniyalar 
tashkil qiladilar.
Ishtirokchilarning tarkibiga qarab ko’rgazmalar uch xil bo’lishi mumkin: 
1. Universal. Agar ko’rgazmada iqtisodiyotning har xil tarmoqlari qatnashsa;
2. Tarmoqlar bo’yicha, faqatgina mehmondo’stlik industriyasi haqida 
o’tkazilsa; 
3. Maxsuslashtirilgan. 
Aniq 
bir 
tarmoqqa 
yo’naltirilgan, 
masalan, 
mehmonxona va restoran xo’jaligi, turizmning kongress-ko’rgazmasi va h.k. 
Maxsuslashtirilgan ko’rgazmalarda turistik mahsulotga bo’lgan qiziqish 
darajasi yuqori. Bular aniq bir mintaqaning turmahsulotini siljitishga qaratilgan 
bo’lishi mumkin yoki mijozning xoxish-istaklariga qarab ham bo’lishi mumkin.
Mehmonxona 
ko’rgazmada 
ishtirok 
etish 
uchun 
marketing 
kommunikasiyalaridan to’g’ri foydalanib, o’zini ishini puxta o’rganishi kerak. 
Ko’rgazmada qatnashishdan oldin quyidagi savollarga aniq javob topish lozim: 

kompaniya qanday mahsulot taklif qilayapti va bu mahsulot narxiga 
mosmi? 

kompaniya qaysi mintaqalardan va qanaqa mijozlarni jalb qilishni 
xoxlayapti? 
Ko’rgazma ish jarayonini tashkil etish va korxonalar ishtirokini tashkil etish 
olti bosqichga bo’linadi: 
1. Ko’rgazmada qatnashishi uchun firmaning prinsipal qarori. Ko’rgazmada 
qatnashish uchun mablag’ zarur va ko’pgina turfirmalarning 
bunga imkoniyatlari mavjud emas. 
2. Ko’rgazma tadbirlarida qatnashish uchun firmaning aniq maqsadini 
aniqlash. 
Marketing maqsadlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 

firma va uning mahsulotini taqdim etish; 

firmaning yuqori imijini shakllantirish; 

bozorni o’rganish; 

yangi bozorni izlash; 

bozorga mahsulotni olib kirish; 

yangi mahsulotga bo’ladigan talabni o’rganish; 

mijozlar safini kengaytirish; 

yangi hamkorlarni izlash; 

raqobatchilar taklifini o’rganish; 

raqobatchilarga nisbatan o’z mahsulotini o’rganish; 



kontraktlar tuzish. 
3. Aniq bir ko’rgazmani tanlash va ko’rgazmada qatnashish uchun xodimlarni 
va kommunikasiyani tayyorlash 
4. Tayyorlash-tashkil etish qadami. 
5. Ko’rgazma jarayonida ishtirok etish. 
6. Ko’rgazmadan keyingi tahlil xulosalari. 
Ko’rgazmaning yuzi bo’lib bu, ko’rgazma qiroli hisoblanadi. Shuning uchun 
ko’rgazma tadbirlarida ishtirokchining muvaffaqiyatini chiroyli bezatilgan stend 
ta’minlaydi. Potensial mijozlar uchun gazetadagi reklamani o’qish, ko’rish oddiy 
hol hisoblanadi, lekin ko’rgazmaga tashrif buyurif ko’rish bu taassurot qoldiradi. 
Bu esda qolarli bo’lishi uchun kerak bo’ladigan barcha kuch, tajriba, intelliktni 
ishga solish kerak. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mehmonxona yoki turfirmaning 
ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi uning kelajakdagi muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi. Asosiysi, bu to’g’ri tashkil etilib, kerakli joy va kerakli vaqtda
munosib tarzda ishtirok etish. Eng asosiy elementlardan biri to’g’rilikdir. 
Mijozning kutganidek. Ishonchni oqlash lozim. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling