Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati

 


 
1. Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari 
Sanoatning rivojlana borishi bilan doimiy ulgurji bozorga muhtojlik, zaruriyat 
tug’iladi. Bunday bozor rivojlanayotgan xo’jalik soxalari o’rtasidagi aloqani 
bog’lash imkonini berar edi. Bunday bozor birja shaklida XVI asrda Ispaniya bilan 
Gollandiya o’rtasidagi savdoni rivojlanishi bilan tarkib topdi. Demak, birja 
qimmatbaho qog’ozlar fondiga ega bo’lgan, standart talablarga javob beradigan 
tovarlar yoki ularni namunalarni, talab va takliflarga binoan qonuniy ravishda 
narxi belgilangan valyutalar asosida savdo amalga oshiriladigan, tashkil etilgan 
doimo amal qilib turadigan bozordir. 
Birja operasiyalarini bajarish obyekti bo’yicha quyidagi birjalar turi ajratiladi: 
tovar birjalari shu jumladan kompensasiya qiluvchi, ya’ni o’rnini to’ldiruvchi yoki 
barterli fond qo’yilgan holda valyuta birjalari, frakta birjalari va shunga 
o’xshashlar bo’lib, unda savdo buyumi bo’lib turli xil xizmatlar, masalan «g’oya 
birjasi» deb ataluvchi birjalar ilmiy-texnik ishlovchilar va injenerlar xizmatlarini 
bajaradilar. Mehnat birjasi va boshqalar. 
Birjalar aniq tarkib topgan ixtisoslashuvga ega bo’lishi lozim. Masalan, 
avtomobillar, don mahsulotlari, metall, qimmatbaho qog’ozlar indeksi bilan savdo 
qiluvchi birjalar. 
Shuni aytish kerakki, birja savdo qilishning dastlabki shakli uni tovar shakli 
bo’lmay, balki valyuta-veksel birjasi shakli bo’lgan. Birjada qimmatbaho buyumlar 
obyekti bo’lib hisoblangan, ular va veksellar ayirboshlashning talablariga eng ko’p 
darajada javob bergan. Tovarlar bilan bitim to’zish o’sha davrlarda faqat 
yarmarkalarda bo’lar edi. Transport vositalarni rivojlanish bilan bunday shaklda 
savdo qilish susayib bordi va birjani rivojlanishini keyingi bosqichi hisoblangan 
tovar birjalari tarkib topdi. 
Dastlabki birjalar XV-XVI asrlarda Italiyada, Venesiya, Genuya, Florensiya, 
Gollandiya, Angliya va shuningdek boshqa mamlakatlarning yirik savdo 
shaharlarida paydo bo’lib, bu yerlarda manufakturalar asosida tashqi savdo 
rivojlangan.
Anterpendagi birja dastlabki halqaro birja bo’lib, unga 1531 yili asos 
solingan. Uning binosini kiraverishiga «Barcha halqlar va tildagilarning savdogar 
ldamlari uchun» degan afsonaviy yozuv bitilgan. 
Anterpen birjasida ikki turdagi tovar, ayniqsa muhim o’rin tutar edi: angliya 
juni va xind qalampiri. Ular yuqori darajadagi ayirboshlash qobiliyatiga ega bo’lib, 
hattoki birjada bo’lmagan tovarlar bilan ham bitim to’zish imkonini berar va ular 
xozirgi zamon tovar birjasini yaratdilar. Yanada tez sur’atda valyuta-veksel bilan 
savdo qiluvchi birjalar rivojlana boshladi. Ular asta-sekinlik bilan operasiyalarni 


bajarish obyekti bo’lib avvalgi veksel birjalaridagidek to’lovlar emas, balki 
investisiya qog’ozlari - obligasiya va aksiyalar bo’lgan fond birjalariga yaqinlashib 
boradilar. 
Bu qimmatbaho qog’ozlar Anterpen birjasida ish ko’rishning asosi bo’lib 
xizmat qildilar. O’sha davrda obligasiyalar bilan savdo qilishning yirik markazi 
bo’lgan va 1549 yili yuzaga chiqqan Lion birjasidir. 
Amsterdam birjasi universal birja bo’lgan. Bunda non, to’z, baliq, shirinliklar, 
o’rmon yog’ochlari va boshqa tovarlar pul, obligasiya bilan savdo bo’lar edi. 
Ko’plab ishtirokchilarning tezda boyib ketishga chanqoq bo’lganligi shunga 
olib keldiki, Amsterdamdagi birja tashkilotlari XVII asrda tarixda birja uchun 
birinchi mahsus bino qurdilar. Shunday kilib, birinchi bor hozirgi zamon 
birjasining ajralmas qismi - birja zali paydo bo’ldi. 
Niderland birjalari estafetasini XVII asrning oxiri va XVIII asr boshida 1 570 yili 
yuzaga kelgan London birjasi oldi. Uning gullab yashnab ketishi Janubiy dengiz 
savdo kampaniyalari tashkil etilishiga bog’liqdir. Keyinchalik London birjasi 
yopiq uyushmaga «korxonaga» aylanib, unda faqat katta savdogar 
«kommersant»larning bir qismi uchun eshik ochiq bo’lgan. 
1742 yili Parijning veksel fond birjasi ta’sis etiladi. Bundan keyingi eng ko’zga 
ko’ringan fond birjalaridan Frankfurtdagi birja bo’lgan. Dastlabki vaqtlarda birja 
ishlarni olib borish obyekti bo’lib, xar qanday qimmatbaho qog’ozlar, shu 
jumladan, veksellar, varrantlar, aksiyalar, obligasiyalar hisoblangan. Keyinchalik 
bu xil operasiyalarni olib borish banklar ixtiyoriga berilgan. Natijada qisqa 
muddatli kredit berish uncha katta ahamiyatga ega bo’lmay qoladi va birjalar 
lombardga o’xshash operasiyalarni bajarish bilan cheklanib qolgan. XIX asr 
oxiridan to xozirgacha fond birjalarida birja bitimlarini amalga oshirishning eng 
asosiy obyekti aksiya va obligasiyalar-davlat makomi boshqaruv tashkilotlari, 
yirik banklar va kommersiya tashkilotlari qarzlari, majburiyatlari hisoblanib 
kelinmoqda. XVI asrda yuzaga kelgan tovar birjalari fond birjalari kabi uncha 
katta rol o’ynamaydi. Keyinchalik XIX asrning oxirlarida ma’lum xil tovarlar 
bo’yicha ixtisoslashgan tovar birjalarini gullab-yashnashi qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan o’zviy bog’liq edi. Yirik tovar 
birjalari don, shakar, kofe va boshqa tovarlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan 
edilar. Bu qishloq xo’jaligi mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar birja savdosi 
uchun ko’proq yaroqli bo’lgan. Bunga sabab ularni qisqa vaqtda yetishtirilishi va 
ularga bo’lgan doimiy talabning mavjudligidir. Shuning uchun bu mahsulotlarga 
bahoni barqarorlashtirib turish qiyin. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlari standart bo’yicha birja savdo sistemasiga yaxshi 
moslashadi namunasi ko’rsatilmaydi, standart bo’yicha faqat nomi beriladi.Bu xil 
obyektlar xozirgacha tovar birjalarida oldi-sotdi operasiyalari olib borishning 
asosiy buyumi hisoblanib kelmoqda. 


Rossiyada birjalarning paydo bo’lishi Ulug’ Petr nomi bilan bog’liqdir. 1721 yili 
Sank-Peterburgda birinchi rus birjasini yaratdi. U keyinchalik Yevropada eng yirik 
birjalar qatoridan o’rin olgan. Xukumat tomonidan qurilgan birja binosini 
Aleksandr1 Peterburg zodagonlariga topshirdi. XX asr boshlarida Rossiyada 50 
dan ortiq tovar birjalari, bir qancha umumevropa ahamiyatiga ega bo’lgan fond 
birjaliri (jami 115) aktiv faol ko’rsatganlar. Birja savdosining ko’lami bo’yicha 
Rossiya eng rivojlangan Yevropa davlatlariga teng kelgan. XX asr boshlarida 
Germaniyajda 20 ta , Fransiyada tahminan 70 ta birja mavjud edi. 
Rossiyada birja savdo instituti tadbirkorlarining o’zlari yaratgan ijtimoiy 
tashkilotlari doirasida rivojlangan o’sha davrda Rossiyada birja faoliyati 
umumhuquq doirasida boshqarilmagan. Bu davrda davlat kommersantlarni 
o’zlarining obro’ va kasb ustaligiga tayangan. 
Birjalar iqtisodiy munosabatlarning o’z-o’zini ijtimoiy boshqarish ko’p 
tarmoqli sistemada qo’shilib ketgan edi. Boshqa ijtimoiy savdo tashkilotlari yoki 
yarmarkalar, savdo va savdo sanoat palatalari, zadogonlar yig’ilishlari, 
sanoatchilar birlashmalari bilan bir qatorda rus birjalari talab va taklifni 
baravarlash, bahoni belgilash, regionlar va xalqlar o’rtasida mustahkam savdo 
aloqalarini o’rnatish, emissiya va qimmatli qog’ozlar ustidan nazorat o’rnatish 
sohalarida zarur vazifalarni bajarganlar.
Birinchi jaxon urushi boshlanishida birjalar ma’muriy tarzda taqiqlangan edi. 
Yangi iqtisodiy siyosat «YaIS» davriga birjalar yana tiklandi. Ular shunda yuzdan 
ortiq edi. Shu davrda ko’zga ko’ringanlari Moskva markaziy tovar birjasi «29 
dekabr 1921 yil ochilgan», Saratov, Perm, Vyatka, Nijgorod, Rostov-Don birjalari 
va hokazolar. 
Birjalar to’g’risida qabul qilingan birinchi eng mashxur qonuniy xujjat 
sanoatida yangi iqtisodiy siyosat masalalari bo’yicha farmon bo’ldi. «RSFSR 1921y. 
№4 43-modda». 
Birjalar faoliyati bo’yicha 1921, 1922, 1925, 1928 yillarda qabul qilingan, 
to’zatilib, to’ldirilib kelingan va yangi iqtisodiy siyosatni dastlabki asosini tashkil 
etgan xujjatlar 1930 yili bekor qilindi. Ma’muriy buyruqbozlik o’sishi bilan 
iqtisodiyotni boshqarish sistemasini tug’ilgan yili bo’ldi. Hozirgi davrda ZO-chi 
yillarning boshlarida bozor munosabatlariga o’tib, birja savdosini yo’lga qo’yib, 
ya’ni jumhuriyatda bozor infrastrukturasini yaratish dolzarb masalaga aylandi. 
Funksional va tarmoqlar bo’yicha davlat boshqaruvining yangilangan shakli 
bilan bir qatorda iqtisodiy munosabatlarni ijtimoiy boshqaruvchi institutlar, ya’ni 
yarmarkalar, savdo palatalar, tadbirkorlar jamiyati va birjalar yuzaga keldi. 
Birja va brokerlik idoralari, odatda keng doiradagi faoliyat turlarini amalga 
oshiradi. Avvalo ular savdo bitimlarini to’zish, ulgurji savdoni tashkil etish va 
amalga oshirish bo’yicha juda ko’p xildagi vositachilik xizmatlarini bajaradilar. 
Odatda, ular katta hajmda nashriyotchilik faoliyatini olib boradilar. Birja 


byulletenlari, qo’llanmalar, normativ xujjatlar va boshqalarni chiqaradi. Bulardan 
tashqari, ular turli xil tovarlar, baholar bozori tovarlarga bo’ladigan kelasi davrda 
talab va taklifni o’zgarish holati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdilar. Birjalar 
keng doirada konsultasiya, maslaxat berish va shu kabi boshqa xizmatlarni 
bajaradilar. Ular bilan yaxshi va doimiy munosabatlarni saqlab turish maqsadga 
muvofiqdir. Shu maqsadda korxonalar birjalar bilan ma’lum xil shartnomalar 
to’zishlari mumkin. Birjalar va brokerlik idoralari faoliyati faqat shular bilan 
qoplanib qolmaydi. Ular ko’pgina mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlarni 
bajarish soxasida juda ko’p xildagi faoliyat turlarini bajara oladilar, qo’shimcha 
korxonalar yaratadilar, sug’o’rta, moliya-kredit va kommersiya operasiyalarini 
bajaradilar. Ko’p hollarda birja va brokerlik idoralari ko’p qirrali faoliyati amalga 
oshiruvchi tashkilotdir. Shuning uchun ularni yaratishda ana shu ko’p qirrali 
faoliyatni imkoni bo’yicha Ustavda aks ettirish zarur. Brokerlar va birja mijozlari 
shuni yodda tutishlari zarurki, birja anchagina katta xuquqga ega. Birjalar o’z 
Ustavida xuquq doirasida faoliyatining tartib va qoidalarini belgilashga xaqdir. 
Ularga rioya qilmaslik yomon salbiy oqibatlarga olib keladi. Birjalar, shuningdek 
o’ziga sotiladigan tovarlar ro’yxatini aniqlashi, xususiy birja standartlarini, 
o’xshash birja kontraktlarini ishlab chiqishi, birjadagi talashuv - tortishuv bo’yicha 
qarorlar qabul qilishi, vaqtincha savdoni to’xtatib qo’yish, o’z xizmati uchun 
to’lovlar belgilash, Ustavni va savdo qoidasini, shunga o’xshashlarini bo’zganligi 
uchun sanksiyalar yuklashi mumkin. Ammo bir birja shu va boshqa masalalarni 
o’zicha xal etishi mumkin. Demak, turli xil birjalardagi qoida va talablar bir xil 
emas. Yana shuni aytish kerakki, birja va ularda amal qilayotgan brokerlik 
idoralari mustahkam xuquqiy shaxs hisoblanadilar. Ular o’z faoliyatlarida 
bog’liqdirlar, lekin bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha bermaydilar. 
Birjalar va birja faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida 
ko’rsatilishicha birja savdosini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir 
faoliyat bilan shug’ullanishga xaqlidir. 
Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shug’ullanishi 
mumkin emas. Birja faoliyatining asosiy qoidalari quyidagilar: 
savdoni o’tkaziladigan joyi va vaqtini oldindan tartibga solingan yo’li birja 
savdo-sotig’i samaradorligini ta’minlash; 
birja tovarlari bozorini shakllantirish; 
erkin ravishda yuzaga keladigan bozor narxlarini qo’llash; 
savdo-sotiqni oshkora va omma oldida o’tkazish; 
birja bitimlarini tasdiqlagan qoidalarga asosan erkin ravishda to’zish va ularni 
ro’yxatdan o’tkazish; 
tovarlar narxini belgilash va ularga doir ma’lumotlarni e’tirof qilish; 
monopoliyaga qarshi kurash to’g’risidagi qonunlarga rioya etish qoidalari 
asosida amalga oshiriladi. 


Mulkchilikning 
barcha 
shakldagi 
korxonalar, 
tashkilotlar, 
xo’jalik 
uyushmalari, brokerlik va firmalari, brokerlar, dillerlik boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslar shu jumladan chet el yuridik jismoniy shaxslari birja faoliyatining 
ishtirokchilari hisoblanadi. 
Birja bozor iktisodiyotining tovarlarning ulgurji bozorini shakllantiradigan 
klassik instituti sifatida tashkiliy, iqtisodiy va xuquqiy asoslarga ega. U bozordagi 
yaxshi jixozlangan joyidir. U o’z nomidan bitimlar to’zishi, sudda javobgar va 
davogar sifatida chiqishi mumkin. 
Birja quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
 Ochik birja savdolarini o’tkazish uchun birja yig’ilishlarini tashkil etish, 
ya’ni: 
 birja savdolarini tashkil etish; 
 birja savdosining tartib-koidalarini ishlab chiqish; 
 savdolarni moddiy-texnik ta’minlash; 
 birjaning malakali apparati. 
 Birja kontraktlarini ishlab chikish, ya’ni; 
 birja tovarlarining sifat tavsiflariga quyiladigan talablarni standartlash
 tovar partiyalari hajmini standartlash; 
 birja bitimlari bo’yicha to’lovlarga bir xil talablar ishlab chiqish. 
 Birja bitimlari bo’yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal etish. 
 Birja baholarini aniqlash va tartibga solish. 
 Birja savdosi ishtirokchilarini baho o’zgarishlaridan sug’o’rta qilish. 
 Birjaning kliring va hisob-kitob tizimlari asosida bitimning kafolatli 
bajarilishini ta’minlash. 
 Birjaning axborot faoliyati. 
Birja savdolarining o’tkazilish moxiyati sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida 
bitim to’zilishidir. Bitim to’zilishi nafaqat savdo ishtirokchilarining, balki ularning 
orqalarida turganlarning manfaatlarini ifodalaydi, shuning uchun har bir bitim 
batafsil tahlil qilinadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling