Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1037994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-6 iqt im-20 N.Hojiyev-Birjalarning iqtisodiy mohiyati

1. Xalqaro ko’rgazma ishtirokchilarning turli millat vakillaridan iborat 
ekanligi bilan ajralib turadi, doimiy o’tkazish joyi, doimgi erkin grafik 
uchrashuvlar va yirik ko’rgazma kompaniyasi tashkilotchilaridan iborat. Eng 
mashhur va noyob bo’lgan tashkilotchilar, bular Berlindagi xalqaro turistik birja 
(International Tourismus Borse - ITB) va Lodnondagi butun dunyo turistik 
ko’rgazmasi (World Travel Market - WTM).
ITB mehmonlarni puxta tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan jalb qiladi
undan tashqari ITBda ko’p miqdorda profesional ishtirok etadi va tasodifan tashrif 


buyurgan mehmonlar bo’lmaydi. Turizm dunyosi uchun va forum muloqat uchun 
yoqimli hamda tijorat aloqalarini o’rnatish uchun qo’layligi bilan ajralib turadi. 
Berlinda turizm industriyasining barcha elementlari qamrab olingan: sayohat, 
yo’l-transport kompaniyalari, turoperatorlar, xalqaro turistik ittifoqlar va 
boshqalar. Bu birjada 170 mamlakatdan kelgan vakillar va 140 ming tashrif 
buyuruvchilar ishtirok etadi. 
WTM (World Travel Market) – butun dunyo turistik ko’rgazmasi Londonda 
joylashgan. Ushbu ko’rgazma ish faoliyati dunyo mehmonxonalari va turistik 
firmalarning reklama ishlarini tashkil etish, afishalarini o’rnatish asosida faoliyat 
olib boradi. 
FITUR – Madriddagi xalqaro turistik ko’rgazma – birja dunyodagi eng yirik 
ko’rgazmalardan biri hisoblanadi. Bu ko’rgazmaning doimiy qatnashchilarining 
fikricha, bu ko’rgazmaga xalqaro mashtabdagi tijorat bitimlarini tuzish va 
imzolash, turmahsulotlarning ulgurji sotish, tajriba almashish va maslahat uchun 
tashrif buyurishadi. 
Shu jumladan ishtirokchilar – turoperator, transport firmalari, mehmonxona 
va restoran biznesi, rasmiy turistik tashkilotlar va assosiyalar, OAV uchrashuv va 
konferensiyalarni tashkil qiluvchi firmalar ishtirok etadi. 
BIT – Milanda joylashgan xalqaro turistik ko’rgazma – birjasi Italiyadagi eng 
yirik va mashhur yarmarka hisoblanadi. Bunda mahalliy kompaniyalarning eng 
yaxshi takliflari taqdim etiladi. Yarim asr davomida bu yarmarkaning doimiy 
ishtirokchilari paydo bo’ldi va ularning soni yildan-yilga oshmoqda. Milan 
yarmarkasi bitim va kontraktlar tuzish uchun juda qo’lay, shuningdek, unda 
barcha turfirmalar ishtirok etadi.
British Travel Trade Fair 2008 – Buyuk Britaniyadagi eng katta turistik 
ko’rgazma bo’lib, turistik mavsum boshlanayotganida, ya’ni mart oyining 
boshlarida o’tkaziladi. Bu ko’rgazmada har yili turizm sohasiga tegishli bo’lgan 
300 ga yaqin eng nufuzli kompaniyalar ishtirok etadi: turoperatorlar, 
turagentliklar, mehmonxona va kurortlar, sport kiyimlari va turistik ashyolarni 
ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shular jumlasidandir. Ko’rgazmada 3000 ga 
yaqin soha mutaxassislari va savdo vakllari tashrif buyuradilar. 
BTTI har yili Birmingemning ko’rgazma markazlaridan biri bo’lgan 
“National yexhifition Cyentre”da o’tkazilib Yevropa va butun dunyoga mashhur 
transport kompaniyalari, mehmonxona, sanatoriya, ko’ngil ochar bog’ va savdo 
vakllarini yig’adi. BTTF da 3500 mutaxassislar ishtirok etishgan. Ko’rgazma 
tashkilotchilariga biznesni rivojlantirish muammolarini muhokama qilish, 
maslahat olish, yana o’zaro foydali bo’lgan kontraktlar tuzish uchun 
o’tkaziladigan seminar va uchrashuvlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling