D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan davlat byudjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar mablag‘larining maqsadli va ratsional ishlatilishi, shuningdek davlat xaridlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish; davlat xaridlari samaradorligi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, ularni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ishlab chiqish va qabul qilish; davlat xaridlari jarayoniga kichik biznes subyektlarini faol va keng ko‘lamda jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish; tender (konkurs) va birja savdolarida ishtirok etuvchi barcha subyektlar vakillarining malakasini oshirishga imkon yaratish, umumqabul qilingan xalqaro norma va standartlarni joriy qilish. Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining ishchi organi etib tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi 98 : 98 Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to‘g‘risida Nizom. O‘zR VMning “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2011-yil 1-aprel, 100-son. 1-ilova. 289 davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish; Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari loyihalarini tayyorlash; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish; davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish. 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligi hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, shundan ikkitasi davlat xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib- taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan ta’minlanadi. Elektron do‘kon va auktsionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon orqali xarid qilinadi. Byudjet buyurtmachilari uchun eng kam ish haqining 25 baravari, yiliga eng kam ish haqining 2500 baravaridan, korporativ buyurtmachilar uchun yiliga eng kam ish haqining 250 baravaridan ortiq bo‘lmagan limitlar o‘rnatildi. Avval elektron savdo orqali birjada faqat 10-13 tovar, ish, xizmatlar guruhi ro‘yxatga kirgan, 100 ming AQSh dollari qiymatigacha faqat birinchi darajada zarur tovarlar xarid qilingan. Tanlov savdolari o‘rnatilgan mezonlarga javob 290 beradigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari tanlov savdolarini o‘tkazish mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi. Tender tanlovlari uchun byudjet buyurtmachilariga – yiliga eng kam ish haqining 6000, korporativ buyurtmachilarga esa yiliga eng kam ish haqining 25000 baravaridan yuqori limitlar o‘rnatilgan. Qonunda xarid qilish tartib-taomillari ustidan monitoring va nazorati tartibga solingan. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuzilayotgan komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo va kelishmovchiliklar faqat elektron savdolar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan. Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushdi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auktsion shakllarida o‘tkaziladi. Elektron do‘kon orqali xarid qilish, elektron do‘konning ish tartibi va undan foydalanishga oid masalalar batafsil yoritilgan. Auktsion orqali xaridlarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini tartibga soluvchi qoidalar aks etgan. Davlat xaridlari bo‘yicha tanlov va tenderlarni o‘tkazish mezonlarining aniq belgilab qo‘yilgani ham muhim ahamiyatga ega. Bunda xarid komissiyasining faoliyati, tanlov va tender o‘tkazish uchun e’lonlar, ularda ishtirok etish uchun takliflarni berish, ularni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan. Davlat xaridlarida mamlakatimiz tadbirkorlik subyektlari uchun yangilliklar va ularni qo‘llash tartibi keltirilgani alohida e’tiborga molikdir. Xarid qilish tartib- taomillarining davlat va jamoatchilik nazorati, xaridlar samaradorligining tahlili orqali davlat xaridlarini monitoring va nazorat qilishga ahamiyat berilgan. Shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik printsiplarini ro‘yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling