D tashmuxamedova


 Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

9.2. Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni 
Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar singari, O‘zbekiston Respublikasida davlat 
xaridi tizimini isloh etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid 


286 
jarayonlarini ochiq-oydinligini ta’minlashga qaratilgan, jumladan, xaridni amalga 
oshirishda tender jarayonlaridan kengroq foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha qator 
hujjatlar qabul qilinmoqda. 
“Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan 
mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va 
pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni
iqtisodiyotning 
yuqori 
sur’atlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz 
ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va 
qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. 
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va 
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda 
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”
97
. Bu borada 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad, nafaqat 
davlat mablag‘laridan foydalanishning samarali hisob va nazoratini tashkil etish, 
balki davlat buyurtmachilarining shartnomaviy-huquqiy tartibga rioya etish 
darajasini oshirish ham ko‘zda tutilgan. 
Davlat xaridini tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi tamoyillarga asoslangan 
tizim shakllantirilmoqda va tabiiy ravishda, bu sohada o‘z yechimini kutayotgan 
qator muammolarni ko‘rsatish mumkin, jumladan: 

davlat xaridini amalga oshirishning mavjud tizimi respublika miqyosida 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun qilinadigan 
xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermaydi; 

me’yoriy-huquqiy bazaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, xususan, 
O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganligi; 
97
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017–2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha 
dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmoni asosida


287 

davlat xaridini amalga oshiruvchi va uning nazoratini ta’minlovchi 
malakali kadrlarning yetishmasligi; 

xarid tizimining hamda uning mexanizmlarining ochiq-oydin emasligi va 
boshqalar. 
Davlat xaridlarini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimidan foydalanishni 
kengaytirish borasida alohida mexanizm ishlab chiqilishi va amalda qo‘llanilishi, 
kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xarid 
qilish, ko‘rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish 
bo‘yicha ochiq elektron tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi natijasida davlat 
byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga erishiladi. 
Davlat xaridi tizimini isloh etish kompleks yondashuvni talab etadi. Islohotlar 
faqatgina maxsus qarorlar qabul qilish va davlat xaridi bo‘yicha vakolatli agentlikni 
tashkil etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli davlat organlarining 
hamkorlikdagi harakatini yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida vakolatlarni to‘g‘ri 
taqsimlash, tizimda kuchlar nisbati tengligini ta’minlovchi o‘z-o‘zini boshqarish 
mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi. 
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali 
bo‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi borasida qaror qabul qilayotgan davlat 
xizmatchilarining malaka darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga 
bog‘liq. Ko‘pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodimlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan 
vazifa hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi 
kamchiliklarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga 
oshirishda qatnashuvchi boshqa subyektlar ishtirokida davlat xaridi jarayonining 
mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha faol ish 
olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida davlat 
xaridlarini amalga oshirish jarayoni mexanizmlarini amaliyotga joriy etish bugungi 
kunda byudjet islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 


288 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475-
sonli “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes 
subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan 
vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son
 
qaroriga
 
huzurida Davlat xaridlari 
bo‘yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi etib 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi deb belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling