D tashmuxamedova
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida g‘azna ijrosini samarali tashkil
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
8.4. Hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida g‘azna ijrosini samarali tashkil
etish Ma’lumki, insoniyat rivojlanishi tarixidagi har qanday mamlakat farovonligi bu yerda amal qilayotgan davlat qudratiga, o‘z navbatida, ixtiyoriy davlatning kuch-qudrati esa uning o‘z vazifalarini nechog‘li darajada to‘laqonli bajarishi bilan belgilanadi. Har qanday tuzumda davlat zimmasiga yuklanadigan o‘ta murakkab vazifalar ijrosi esa avvalo ulkan xarajatlar oqimini shart qilib qo‘yadi, bu esa o‘z navbatida daromadlar barqarorligini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy sharoitning turli omillari tufayli daromadlar va xarajatlar tarkibida yuzaga keladigan doimiy o‘zgarishlar evaziga ularni avvalo iqtisodiy-moliyaviy richaglar orqali bir-biriga mutanosibligini taqozo qiladi. Iqtisodiy tarix sahifalarida daromad manbalari yoki hajmining to‘satdan ko‘payishi hodisasi emas, xarajatlarning kutilmaganda yo‘nalish va ko‘lam nuqtayi nazaridan o‘sishi voqeasi aksar hollarda kuzatilishi inobatga olinsa, xarajatlardan kelib chiqib daromadlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq emas (bu ko‘pincha soliq va yig‘imlar miqdori yoki stavkasini oshirish ko‘rinishidagi taktikani talab qiladi), daromadlar o‘zgarishiga qarab xarajatlar oqimini davriy rejalashtirib va boshqarib borish esa ishonchliroq, soddaroq aytganda, “daromadga qarab buromad” tamoyili makon va zamon omilidan nisbatan xoli tarzda ko‘proq qo‘l keladi. Hamma zamonlarda ham o‘z davri uchun mushkul bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimi, shuningdek, avvalgi davlat moliyasi tizimining ayrim salbiy asoratlari, geosiyosiy vaziyat va boshqa muhim masalalar bizning mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z ta’siri mavjud bo‘lgan hozirgi paytda Davlat byudjeti pul mablag‘larini samarali hamda o‘zaro mutanosiblikda rejalashtirish va boshqarish borasida oqilona siyosat bir qator omillarning, jumladan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri yengil kechishini ta’minlamoqda. 277 Davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning asosiy maqsadi Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish uchun asoslangan hisob-kitoblar ko‘rinishida poydevor bo‘lib xizmat qilish bo‘lsa, o‘z navbatida Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan iborat: – byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini operativ bartaraf etish; – byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish; – hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari (HG‘H (RG‘H))dagi pul mablag‘laridan samarali foydalanish. Kassali rejalashtirishning mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to‘lovlarning yo‘nalishi va maqsadlari bo‘yicha respublika va mahalliy byudjetlar kassa rejalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g‘azna hisobvaraqlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining aylanmasi- ni rejalashtirish va boshqarishdan iborat. Respublika va mahalliy byudjetlarning yillik kassali rejalashtirilishi tegishli byudjetlarning oylik daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga asosan amalga oshiriladi. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga XTR berilishi asosida respublika va mahalliy byudjetlar ijrosi amalga oshirishda bu ikki darajadagi byudjetlarning oylik daromadlari prognoziga asosan kassali rejalashtirilishi uchun zarur axborot – kutilayotgan daromadlar tushumi to‘g‘risidagi tezkor (operativ) ma’lumotlardan foydalanilishini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Hozirgi kunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun G‘aznachilik bo‘linmalari tegishli byudjet bo‘yicha mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘zlari uchun belgilangan quyidagi imkoniyatlardan samarali va o‘z o‘rnida foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi: 278 • g‘azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag‘larini belgilangan tartibda ishlatish; • tegishli byudjetlar tomonidan byudjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan chiqish; • mablag‘larni jalb qilishda qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa manbalardan (respublika byudjeti bo‘yicha) foydalanish. Davlat byudjeti pul mablag‘larini boshqarish borasida Nizomdagi alohida ahamiyatli qoidalardan biri shuki, daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish maqsadida XTR faqat tegishli davrda HG‘H (RG‘H)ga tushishi kutilayotgan summalar doirasida (ya’ni, “daromadga qarab buromad” tamoyilida) beriladi. Yuqoridagilarning barchasi, toki davlat mavjudligi uning vazifalari bilan bilan bog‘liq ulkan xarajatlarning hamda ularning moliyaviy manbasi bo‘lmish daromadlarning mutanosibligiga bog‘liq bo‘lar ekan, hudud byudjetining pul mablag‘larini rejalashtirish hamda boshqarish tartibini doimiy tadqiq qilish va takomillashtirishni taqozo qilishini ko‘rsatadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling