D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

nizom
 (ro‘yxat 
raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g‘aznachilik 
bo‘linmasiga taqdim etiladi. 
Bunda inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining «Mablag‘larni 
oluvchining nomi» ustunida «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‘aznachiligi», «Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i» ustunida – YaG‘H, 
«To‘lov maqsadida» ustunida – to‘lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini 
qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi. 
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan 
birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim 
etiladi: 
- to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar 
Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida besh 
nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining 
birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso 
topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso 
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan 
imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh 
boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. Inkasso 
topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, 
YaG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur 
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik 
bo‘linmasiga qaytariladi; 


274 
- bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki 
tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan 
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik 
bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib 
xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi 
nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan 
imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda 
bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso 
topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur 
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik 
bo‘linmasiga qaytariladi; 
- hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki 
tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan 
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik 
bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib 
xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi 
nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan 
imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda 
bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso 
topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur 
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik 
bo‘linmasiga qaytariladi. 
Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda 
xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi: 


275 
-to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh 
boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada.
Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va 
muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi -
buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun 
topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va 
to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi 
tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh 
boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining 
to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi 
bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan 
tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. 
-oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda 
buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi 
bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining 
g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib 
xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, 
g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining 
to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi 
bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan 
tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi
G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov 
talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda 
ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov 
talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda buyurtmachining tegishli 
mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso 
topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining 


276 
g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini 
qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining 
shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining 
mas’ul xodimiga beriladi 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling