D tashmuxamedova


 Hududiy g‘aznachilik organlari faoliyati


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
8.3. Hududiy g‘aznachilik organlari faoliyati 
Hududiy g‘aznachilik bo‘linmalariO‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha 
g‘aznachilik bo‘linmalari.
1
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy etish, 
byudjet mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini 
nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu 
jarayonlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim 
qadam bo‘lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya 
vazirligi huzuridagi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va 
uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik 
bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi 
va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
Davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar va xarajatlar ustidan nazorat 
hamda byudjet mablag‘larini boshqarish soxasidagi vazifalari: 
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning 
xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; 
Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shu-
ningdek, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 3-moddasi.


267 
uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini 
joriy etish orqali boshqarish; 
Shartnomalarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirishdagi va-
zifalari: 
Byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar bilan shartno-
malarni, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish 
bo‘yicha buyurtmalarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan 
summalar va maqsadlarga yo‘naltirilishi ustidan qat’i nazorat o‘rnatish asosida 
mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali 
byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan hamda ajratilgan 
limitdan ortiqcha xarajatlarni oldini olish. 
Byudjet tashkilotlarini, jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘laridan foydalanishni 
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga 
muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra 
vositachilik xizmatlaridan voz kechish. 
Davlat byudjeti G‘aznachilik tizimiga o‘tilganda byudjet muassasalari 
tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uchun to‘lovlar moliyaviy maj-
buriyatlarni tasdiqlovchi va xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartno-
malarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib 
beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar 
nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali 
to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan joriy nazoratni ta’minlashga 
erishildi. 
G‘aznachilikka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat 
G‘aznachisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 


268 
buyrug‘iga muvofiq G‘aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. 
G‘aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan 
amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi 4-
rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur 
hollarda G‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari tuzilmasiga 
moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida 
o‘zgartishlar kiritish huquqi berilgan. 
G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi 
davlat 
ijroiya 
organi 
hisoblanadi. 
G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi G‘aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar 
Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G‘aznachilik bo‘linmalari kabi hududiy 
organlari faoliyat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G’aznachiligi
G’aznachilik markaziy apparati 
Viloyatlar bo’yicha 
G’aznachilik 
Boshqarmalari (12 t
a) 
Toshkent shahri 
bo’yicha G’aznachilik 
Boshqarmasi 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Moliya 
vazirligi G’aznachiligi 
 
Tumanlar va shaharlar bo’yicha 
G’aznachilik bo’limlari


269 
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling