Xarajatlar bo‘yicha byudjet shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan
ochiladi:
- shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish uchun ariza. Bunda, agar byudjet
tashkiloti bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, quyi
byudjet tashkilotining byudjet mablag‘larini taqsimlovchisi bo‘lsa, tegishli
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochish uchun shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i
ochish
to‘g‘risidagi
arizaga
xizmat
ko‘rsatiladigan
quyi
byudjet
tashkilotlarining ro‘yxati ilova qilinadi;
- xarajatlar smetasi. Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi
byudjet tashkilotlarining xarajatlariga xizmat ko‘rsatish va hisobini yuritishni
amalga oshiradigan byudjet tashkilotlari uchun o‘z xarajatlari hisobini
yuritish uchun (xarajatlar smetasi asosida) alohida shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlari va xizmat ko‘rsatiladigan quyi byudjet tashkilotlarining
xarajatlari hisobini yuritish uchun (jamlanma xarajatlar smetalari asosida)
byudjet tasnifining har bir kichik bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlari ochiladi;
- kapital qurilish buyurtmachilari uchun - kapital qurilish obyektlari bo‘yicha
xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli ro‘yxati, loyiha-
tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati, qurilishlarning titul ro‘yxati. (1-jadval)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg‘armasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari
mablag‘lari uchun xarajatlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari har bir
xarajatlar smetasi bo‘yicha alohida ochiladi.
91
1-jadval
Byudjet tashkilotlari, byudjet mablag‘lari oluvchilar va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetidan mablag‘
Do'stlaringiz bilan baham: |