D tashmuxamedova


 Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
3.4. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna 
hisobvarag‘ini yuritilishini takomillashtirish 
2012-yilning 1-yanvaridan boshlab Davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlari ijrosi Yagona G‘azna hisobvarig‘iga o‘tkazilishi ma’lum qilindi. 
Respublika va mahalliy byudjet daromadlari shuningdek davlat maqsadli va 
boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari Markaziy bankning 
Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa Markazida ochilgan 


99 
Yagona G‘azna hisobvarag‘iga kirim qilinadi va xarajatlar ushbu hisobvaraqdan 
to‘lab beriladi. Yagona G‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari: Bank nomi: Markaziy 
bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa Markazi Yagona 
g‘azna hisobvarag‘i: 23402 000 300 100 001 010 MFO6 00014 STIR INN: 
201122 919
Byudjet tashkilotlari va fond mablag‘larini tasarruf etuvchilar uchun shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy hisovaraqlar orqali 
tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida o‘zgartirishlar bo‘lmaydi 
hamda ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarjatlarni amalga oshirishning amaldagi 
tartibi saqlab qolinadi. Bunda, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ishlab turgan 
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari yopilmaydi va belgilangan tartibda ishlaydi. 
«Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va fond mablag‘lari tasarruf etuvchilarning 
2012-moliya yilidan boshlab tovarlar ishlar, xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan 
tuziladigan shartnomalarda jumladan, kapital qurilish buyicha yildan-yilga 
o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha shartnomalarga qo‘shimcha kelishuvlarda hamda 
to‘lov hujjatlarida to‘lovchi, ya’ni g‘aznachilik rekvizitlari qismida Yagona 
G‘azna hisobvarag‘i va ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ko‘rsatiladi». 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning 2012-moliya yilidan boshlab byudjetdan 
tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushadigan 
(tovar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko‘rsatish, to‘lov kontrakt 
mablag‘lari, ota-onalar to‘lovlari va boshqa to‘lovlar) tushumlarida oluvchi, 
ya’ni g‘aznachilik rekvizitlari qismida Yagona G‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari 
ko‘rsatiladi
30
.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z mijozlariga (tovar ishlab chiqarish va 
sotish, xizmatlar ko‘rsatish) yoki boshqa mablag‘ to‘lovchilarga (to‘lov kontrakt 
mablag‘lari, ota-onalar to‘lovlari va boshqa to‘lovlar) byudjetdan tashqari 
mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy hisobvaraqlarni yetkazishlari va to‘lovlarni 
amalga oshirishda to‘lov maqsadida ushbu shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini 
30
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2011-yil 2-dekabrdagi BA\ 31-01\1-34-13\800 sonli 
xati asosida


100 
ko‘rsatishlari shart. Aks holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli 
tushumlar noaniq tushumlar hisobvarag‘iga kirim qilinadi va aniqlik kiritish 
maqsadida to‘lovlar amalga oshirilgan bank hisobvarag‘iga qaytarib yuboriladi. 
2011-moliya yiliga qo‘shimcha davrdagi operatsiyalar «G‘aznachilik» dasturiy 
majmuada bitta bazada, ya’ni «Yagona G‘azna hisobvarag‘i» rejimida Yagona 
g‘azna hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. Bunda byudjetdan mablag‘ 
oluvchilarning hamda fond mablag‘lari tasarruf etuvchilarning tovar (ish, 
xizmat) yetkazib beruvchilar bilan 2011-moliya yili uchun tuzilgan 
shartnomalariga qo‘shimcha kelishuv tuzilmaydi, balki to‘lov hujjatlarining 
to‘lovchi qismida Yagona g‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatiladi. 
Respublikamizda 
kelgusida 
g‘aznachilik 
tizimi 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish uchun doimiy G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i 
monitoringini o‘tkazish kerak. G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i 
holatining monitoringi o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan 
foydalaniladi: buyurtma qilingan mablag‘lar hajmi, Davlat byudjetining kassa 
tushumi va to‘lovlari, yagona hisobvaraqdagi mablag‘larning kassa qoldig‘i. 
Yagona g‘azna hisobvarag‘i holatining monitoringini maqsadi quyidagilardan 
iborat: 
- Davlat byudjetining kassa ijrosida mahalliy byudjetlarni mablag‘lar bilan 
ta’minlash tartib-qoidalarining ijrosini baholash; 
- Yagona g‘azna hisobvaraqning holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni
baholash va tahlil qilish; 
- kassa tushumi va to‘lovlarni prognoz qilish; 
- Yagona g‘azna hisobvarag‘i faoliyatida operatsiyalarni tezkor boshqarish va 
Yagona g‘azna hisobvarag‘ining likvidligini boshqarish kontseptsiyasini amalga 
oshirish imkonini beradi. 
Hozirgi kunda byudjet amaliyotida g‘aznachilik texnologiyalarini 
takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun 
Davlat byudjeti mablag‘larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni 
takomillashtirish bilan birga, Davlat byudjeti mablag‘lari likvidligini oshirishga 


101 
olib keladigan G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi operatsiyalarni 
boshqarish mexanizmini takomillashtirish zarur. Respublikamizda Davlat 
byudjetini samarali boshqarishdagi o‘zgarishlardan biri – kassali rejalashtirish 
tizimini joriy qilish hisoblanadi. G‘aznachilikda kassali rejalashtirish byudjet 
daromadlarini sifatli prognozlashtirish va xarajatlari to‘lovini o‘z vaqtida 
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mamlakatimizdagi 
islohotlarning hozirgi sharoitida asosiy e’tiborni byudjet xarajatlari va 
daromadlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda byudjet siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratiladi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling