D tashmuxamedova
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23402 000 300 100 001 010 MFO6 00014 STIR INN: 201122 919
3.4. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna hisobvarag‘ini yuritilishini takomillashtirish 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari ijrosi Yagona G‘azna hisobvarig‘iga o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Respublika va mahalliy byudjet daromadlari shuningdek davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlari Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa Markazida ochilgan 99 Yagona G‘azna hisobvarag‘iga kirim qilinadi va xarajatlar ushbu hisobvaraqdan to‘lab beriladi. Yagona G‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari: Bank nomi: Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa Markazi Yagona g‘azna hisobvarag‘i: 23402 000 300 100 001 010 MFO6 00014 STIR INN: 201122 919 Byudjet tashkilotlari va fond mablag‘larini tasarruf etuvchilar uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy hisovaraqlar orqali tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida o‘zgartirishlar bo‘lmaydi hamda ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarjatlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Bunda, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ishlab turgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari yopilmaydi va belgilangan tartibda ishlaydi. «Byudjetdan mablag‘ oluvchilar va fond mablag‘lari tasarruf etuvchilarning 2012-moliya yilidan boshlab tovarlar ishlar, xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda jumladan, kapital qurilish buyicha yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha shartnomalarga qo‘shimcha kelishuvlarda hamda to‘lov hujjatlarida to‘lovchi, ya’ni g‘aznachilik rekvizitlari qismida Yagona G‘azna hisobvarag‘i va ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ko‘rsatiladi». Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning 2012-moliya yilidan boshlab byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushadigan (tovar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko‘rsatish, to‘lov kontrakt mablag‘lari, ota-onalar to‘lovlari va boshqa to‘lovlar) tushumlarida oluvchi, ya’ni g‘aznachilik rekvizitlari qismida Yagona G‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatiladi 30 . Byudjetdan mablag‘ oluvchilar o‘z mijozlariga (tovar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko‘rsatish) yoki boshqa mablag‘ to‘lovchilarga (to‘lov kontrakt mablag‘lari, ota-onalar to‘lovlari va boshqa to‘lovlar) byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy hisobvaraqlarni yetkazishlari va to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov maqsadida ushbu shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini 30 O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2011-yil 2-dekabrdagi BA\ 31-01\1-34-13\800 sonli xati asosida 100 ko‘rsatishlari shart. Aks holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli tushumlar noaniq tushumlar hisobvarag‘iga kirim qilinadi va aniqlik kiritish maqsadida to‘lovlar amalga oshirilgan bank hisobvarag‘iga qaytarib yuboriladi. 2011-moliya yiliga qo‘shimcha davrdagi operatsiyalar «G‘aznachilik» dasturiy majmuada bitta bazada, ya’ni «Yagona G‘azna hisobvarag‘i» rejimida Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. Bunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning hamda fond mablag‘lari tasarruf etuvchilarning tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan 2011-moliya yili uchun tuzilgan shartnomalariga qo‘shimcha kelishuv tuzilmaydi, balki to‘lov hujjatlarining to‘lovchi qismida Yagona g‘azna hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatiladi. Respublikamizda kelgusida g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun doimiy G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i monitoringini o‘tkazish kerak. G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i holatining monitoringi o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: buyurtma qilingan mablag‘lar hajmi, Davlat byudjetining kassa tushumi va to‘lovlari, yagona hisobvaraqdagi mablag‘larning kassa qoldig‘i. Yagona g‘azna hisobvarag‘i holatining monitoringini maqsadi quyidagilardan iborat: - Davlat byudjetining kassa ijrosida mahalliy byudjetlarni mablag‘lar bilan ta’minlash tartib-qoidalarining ijrosini baholash; - Yagona g‘azna hisobvaraqning holatini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarni baholash va tahlil qilish; - kassa tushumi va to‘lovlarni prognoz qilish; - Yagona g‘azna hisobvarag‘i faoliyatida operatsiyalarni tezkor boshqarish va Yagona g‘azna hisobvarag‘ining likvidligini boshqarish kontseptsiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi kunda byudjet amaliyotida g‘aznachilik texnologiyalarini takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun Davlat byudjeti mablag‘larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni takomillashtirish bilan birga, Davlat byudjeti mablag‘lari likvidligini oshirishga 101 olib keladigan G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi operatsiyalarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish zarur. Respublikamizda Davlat byudjetini samarali boshqarishdagi o‘zgarishlardan biri – kassali rejalashtirish tizimini joriy qilish hisoblanadi. G‘aznachilikda kassali rejalashtirish byudjet daromadlarini sifatli prognozlashtirish va xarajatlari to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mamlakatimizdagi islohotlarning hozirgi sharoitida asosiy e’tiborni byudjet xarajatlari va daromadlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda byudjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratiladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling