D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti daromadlari tarkibi
ajralmas qismidir. Agar yig‘iladigan soliqlarning sezilarli qismi ishlab
chiqarish maqsadlariga, samarali ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga va ilmiy-tadqiqotlarga ishlatilsa, agar armiya va davlat apparatini saqlash xarajatlari nisbatan katta bo‘lmasa, u holda soliqlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi. Va, aksincha, agar yig‘iladigan soliqlar byudjet sohasi orqali iste’molga yo‘naltirilsa, ya’ni yeb yuborilsa u holda ular mamlakat iqtisodiyotiga vayron qiladigan tarzda ta’sir ko‘rsatadi». 37 Taniqli rus iqtisodchi-olimlaridan M.Speranskiy, S.Vittilar soliqlarning byudjet daromadlari sifatidagi roliga baho berganlar. Ularning nazariy qarashlariga xos bo‘lgan o‘ziga xos jixat – bu soliqqa tortishning ma’naviylik (nravstvennost) tamoyilini ishlab chiqilganligi hisoblanadi. Ushbu tamoyilga ko‘ra o‘ziga to‘q, badavlat mulk egalariga nisbatan qo‘shimcha soliqlarning va yuqori soliq stavkalarining qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 37 Нитти Ф. Основные начала финансовой науки. С. 241.5. 110 Lekin, biror-bir mamlakat amaliyotida yuqorida qayd etilgan nazariyalarning birortasi sof xolida qo‘llanilmaydi. Odatda, mazkur nazariy oqimlarning ayrim qoidalaridan milliy soliq tizimi ma’lum bir davriy oraliqlarda foydalaniladi. Soliqlarning byudjet daromadlarining manbai sifatidagi moxiyatini ochib berishga bag‘ishlangan nazariy qarashlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, soliqlar davlatning funksiyalarini bajarishning asosiy va birlamchi moliyaviy manbai hisoblanadi; ikkinchidan, soliqlarning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi; uchinchidan, soliqlardan byudjetning iqtisodiy mazmundagi xarajatini moliyalashtirishda foydalanish masalasiga aloxida e’tibor berish amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo‘yadi; to‘rtinchidan, soliqqa tortish tamoyillarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik soliq tushumlarining barqarorligiga xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi; beshinchidan, respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo‘lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning jamg‘armalarga ta’sirini ilmiy jixatdan o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Rivojlangan industrial mamlakatlar bank amaliyotida byudjet daromadlarining xajmidagi salmog‘iga ko‘ra, bank kreditlari uchinchi o‘rinni egallaydi. Masalan, AQShda bu ko‘rsatkich uch foizni tashkil qiladi. Byudjet daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. 111 Nosoliqli daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: – davlat mulkini foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); – byudjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan haqli (to‘lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); – fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar; – moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari); – boshqa soliqsiz daromadlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling