D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi
38
Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin: davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar; kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarida byudjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar; davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar. Byudjet daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki 38 “O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-son (26.12.2013) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan qabul qilingan Budjet kodeksiga asosida. 113 tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. 2-rasm. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning guruhlanishi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling