D tashmuxamedova


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning 
byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra 
guruhlanishi
40
 
40
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasi asosida 
Soliq tizimi 
Umumdavlat soliqlari 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar 

Yuridik shaxslar daromadiga 
(foydasiga) soliq. 

Jismoniy shaxslar daromadiga soliq 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i. 

Aktsiz solig‘i 

Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun 
soliqlar va maxsus to‘lovlar 

Suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq 

Yagona soliq to‘lovi 

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq 

Mol-mulk solig‘i 

Yer solig‘i 

Obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i 

Jismoniy shaxslardan transport 
vositalari uchun benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq 

Yagona yer solig‘i 

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana 
savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun 
yig‘im 

Tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi yuridik hamda 
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun yig‘im


115 
Davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona 
tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga 
yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi
41

Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning 
hisobga olinishi yoki byudjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o‘tkazib 
yuborilgan summalarning qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo‘lgan 
Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi, shuningdek, 2001-yil 19-fevralda qabul 
qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa operatsiyalarini 
amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 1009-sonli raqam bilan 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yo‘riqnomalar asosida bajariladi. 
Davlat byudjetining markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan respublika byudjetiga 
Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va 
majburiy to‘lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
tartibga soluvchi soliqlar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Byudjet parametrlari to‘g‘risidagi maxsus qarori bilan har moliya 
yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo‘yicha respublika byudjetiga 
o‘tkaziladi.
Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo‘yicha to‘lovlar to‘lig‘icha 
respublika byudjetiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent 
shahrining byudjetlariga o‘tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
va 
mahalliy 
hokimiyat organlari 
byudjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliq to‘lovlarining normativlarga 
asosan taqsimlanadigan ma’lum qismi, mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi 
belgilab qo‘yilgan umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar 
va boshqa xil yig‘imlar bo‘yicha to‘lovlar o‘tkaziladi.
41
Pulatov D. , Nurmuhammedova B. G‘aznachilik, Sano Standart, T. 2014. 


116 
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to‘lovlarini bajarish yuzasidan 
zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan 
soliqlar va boshqa to‘lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika 
byudjetiga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika byudjetining asosiy hisob-
kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga 
asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining 
byudjetlariga o‘tkazib beriladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini 
amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini yetarli va uzluksizligini 
ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir necha yillardan buyon 
davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g‘azna ijrosi bilan 
qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-martdagi 
(ro‘yxat raqami №02-02/1-860, 2016-yil 14-mart) 1-sonli bayonnomasiga 
muvofiq 2016-yilning 1-aprelidan 1-iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari 
daromadlarini yig‘ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi 
bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek 
Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, 
Davlat bojxona qo‘mitasi va daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan tegishli 
organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini 
yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2016-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi 
bilan to‘liq qamrab olish vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son 
"Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 


117 
to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining 
kassa ijrosi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaga ko‘ra
42
byudjet tizimi byudjetlari 
daromadlarining g‘azna ijrosi jarayonida tegishli byudjetlar daromadlarining 
tasdiqlangan miqdori, daromadlarning kassa tushumlari hajmi va tegishli 
byudjetlarga va byudjetlardan daromadlar turi va manbasi bo‘yicha amalga 
oshirilgan qaytarish (hisobga olish) summalari bo‘yicha ma’lumotlarni aks 
ettirish uchun mo‘ljallangan analitik hisob registrlari shakllantirilgan. 
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi "O‘RMV" ATda 
YaG‘Hni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. 3. Jismoniy va mulkchilik shaklidan 
qat’i nazar, yuridik shaxslardan milliy valyutadagi to‘lovlar O‘zbekiston 
Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va YaG‘Hga o‘tkaziladi. 
Byudjet tizimi byudjetlariga to‘lovlar tushumi bo‘yicha operatsiyalar hisobini 
yuritish va keyinchalik ularni byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimlash 
uchun Moliya vazirligi tomonidan "O‘RMV" ATda har bir tuman, shahar uchun 
har bir to‘lov turi bo‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish 
bo‘yicha vakolatli organlar kesimida daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlari 
ochiladi. 
Bunda 
daromadlar 
bo‘yicha 
shaxsiy 
g‘azna 
hisobvarag‘iga o‘tkazilgan to‘lovlar, To‘lovlar turi tasnifidagi 08201 - 08203, 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling