D tashmuxamedova


To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari 
To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga ajratmalar me’yorlari qonun 
hujjatlariga muvofiq o‘rnatiladi. To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi 
respublika byudjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, 
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlariga, shuningdek davlat 
maqsadli jamg‘armalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) 
byudjetlariga ajratmalar me’yorlarining miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng
ish kuni mobaynida Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashiga, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
hokimliklariga, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent 
shahar 
hokimliklarining 
moliya 
boshqarmalarga, 
Moliya 
vazirligi 
G‘aznachiligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga yetkaziladi. 
To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlariga o‘rnatilgan ajratmalar 
me’yorlarining miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi
viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman 


121 
va shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlariga, 
tuman va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalariga yetkaziladi. 
To‘lovlardan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti va DMJ 
byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O‘RMV" ATga Moliya vazirligi 
G‘aznachiligining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi. 
To‘lovlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar 
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va 
shaharlar mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yorlari "O‘RMV" ATga mos 
ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 
G‘aznachilik boshqarmalarining vakolatli xodimlari tomonidan kiritiladi. 
Moliya yili mobaynida o‘rnatilgan me’yorlar o‘zgarsa yoki yangidan 
kiritilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha ajratmalar me’yori o‘rnatilsa, yangidan 
o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlari miqdorlari ular o‘rnatilganidan so‘ng 3 ish 
kuni mobaynida ushbu o‘rnatilgan tartibda tegishli manfaatdor organlarga 
yetkaziladi. Bunda yangidan o‘rnatilgan ajratmalar me’yorlarining amal qilish 
sanasining boshlanishi majburiy tartibda ko‘rsatiladi. 
To‘lovlardan byudjet tizimi byudjetlariga aniqlashtirilgan ajratmalar 
me’yorlari belgilangan tartibda "O‘RMV" ATga kiritiladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling