D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini
To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan:
– naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. To‘lov hujjati uch qismdan, e’lon, kvitansiya va kirim orderidan iborat. Kirim orderi bank kuni hujjatlariga tikiladi, kvitansiya to‘lovni to‘lab bergan jismoniy shaxsga beriladi, e’lon esa tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organi xodimlariga taqdim etiladi; – bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirilganida mablag‘lar to‘lovi ushbu Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi to‘lov hujjatini rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi; – o‘zining omonat hisobvarag‘idan tegishli daromad bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga amalga oshirilganida mablag‘larni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) muvofiq amalga oshiriladi. Bunda ko‘rsatilgan to‘lov summasi bank tomonidan memorial order orqali, unda tegishli daromad turi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Hga o‘tkaziladi. To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish To‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish mazkur to‘lovlar ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langanida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslarida hamda to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy 126 hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar yuqoridagi normativ- huquqiy hujjatlarda mazkur paragrafda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari qo‘llaniladi. To‘lovlar jismoniy shaxs tomonidan naqd pul mablag‘lari orqali amalga oshirilganida qaytarish jismoniy shaxsning "20206 - jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha depozitlari" hisobvarag‘iga, bank plastik kartasi orqali amalga oshirilganida esa jismoniy shaxsning "231XX - jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari" hisobvarag‘iga amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56- va 57- moddasiga muvofiq ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini hisobga olishda soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilishi zarur bo‘lganda, mazkur ariza ushbu Yo‘riqnomada belgilangan shaklga muvofiq bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56- va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olishda davlat soliq xizmati organi tomonidan tegishli xulosa Yo‘riqnomada belgilangan shaklga muvofiq bo‘lishi lozim. Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan xulosa va moliya organining to‘lov hujjatini taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Soliqlardan tashqari ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish to‘lovchining arizasi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organning xulosasiga asosan mazkur vakolatli organ tomonidan tegishli tuman (shahar) bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasiga xulosa va to‘lov hujjatini taqdim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti 127 summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar summasi yetmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan bojxona to‘lovlarining qaytarilishi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qaytarish yoki hisobga olish bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar kontingenti summasi doirasida amalga oshiriladi. Bank kuni davomida daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lovlar summasi yetmaganda qaytarish yoki hisobga olish keyingi bank kunining tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. XULOSA (xulosa taqdim etuvchi vakolatli organning nomi) arizasiga asosan (STIR - ) (to‘lovchi yuridik shaxsning - nomi, STIR raqami yoki to‘lovchi jismoniy shaxsning - F.I.O., STIR raqami) ortiqcha (yoki noto‘g‘ri) to‘langan summani qaytarish yoki boshqa to‘lovlar hisobiga hisobga olish to‘g‘risida (soliq yoki to‘lov nomi) summada (sonda va yozuvda) Taqdim etilgan materiallar tekshiruvi natijasida 20__ yil "___" _____________ holatiga ariza beruvchi tomonidan _________________ so‘m _____ tiyin (soliq yoki to‘lov nomi) bo‘yicha _____________________________________________ natijasida ortiqcha (yoki noto‘g‘ri) to‘langani aniqlandi. Ko‘rsatilgan summa to‘lovchining ______________________________ bank hisobraqamiga (bank kodi _____) yoki ________________________________ _______________________________________ shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga lozim. (qaytarilishi, hisobga olinishi) Rahbar 128 Bosh buxgalter (buxgalter, mutaxassis) 7-rasm. Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliqlar summalarini Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling