D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

5.2. 
Byudjet 
tashkilotlari 
va 
byudjetdan 
mablag‘ oluvchilarni 
moliyalashtirish tartibi 
Byudjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakteridagi 
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga to‘g‘ri 
keladi, qolgan qismi kapital xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda byudjet 
xarajatlari tasnifini ko‘rib chiqish lozim.
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari 
xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va ularning yo‘nalishini aks ettiradi. 
Byudjet 
tizimi 
byudjetlari 
xarajatlari 
tasnifining 
tuzilmasi 
quyidagilardan iborat: 
– byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari 
tasnifi; 
– vazifa jihatidan tasnif; 
– tashkiliy tasnif; 
– iqtisodiy tasnif; 
– hududiy tasnif 
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi 
amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag‘lar manbalari va byudjetlar 
darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun 
mablag‘lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir.


145 
Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘larini 
taqsimlovchilar bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra 
kodlashdan iborat bo‘ladi.
Hududiy tasnif byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning 
tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida 
qo‘llaniladi. 
Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo‘yicha xarajatlari 
quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi: 
birinchi guruh, – ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, 
kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; 
– ikkinchi guruh, – ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh, – kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturlarida 
nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga muvofiq); 
– to‘rtinchi guruh, – boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo‘yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq 
belgilanadi. 
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet 
mablag‘larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (har bir 
chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy 
hujjati. 
Byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi:
– yakka (individual) smetalar; 
– jamlanma smetalar; 
– byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
– markazlashgan tadbirlar uchun smetalar. 
Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir 
yillik muddatga – 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi 
(mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan 
tashkilotlar bo‘yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga 
tuziladi va amal qiladi). 


146 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar 
smetalari xarajatlar smetalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari 
oluvchilar tomonidan, yil oylari bo‘yicha taqsimlangan holda
53

- xarajatlarning birinchi – uchinchi guruhlari bo‘yicha – xarajatlarning 
moddalariga ko‘ra ajratib; 
- xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha – xarajatlarning moddalariga 
ko‘ra ajratmasdan tuziladi. 
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh 
xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda 
kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik 
muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari har bir diplomatik muassasa bo‘yicha 
alohida-alohida xorijiy va milliy valyutalarda tuziladi.
Xarajatlar smetasida tasdiqlangan byudjet mablag‘larini oluvchilarga 
yetkazish. Respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan 
tashkilotlar e’tiboriga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar 
smetasida tasdiqlangan miqdori yetkaziladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi -
xarajatlarni amalga oshirishdagi majburiyatlarni qabul qilishda byudjet 
tashkilotlariga byudjet majburiyatlari limitini belgilash va yetkazishdir. Byudjet 
majburiyatlarining 
limiti 
byudjet 
ijrosini 
amalga 
oshiruvchi 
byudjet 
mablag‘larini taqsimlovchi, oluvchi organlar uchun aniqlangan va tasdiqlangan 
byudjet majburiyatlarining yig‘indisidir.
Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish 
rejasining 
hajmi 
davlatning 
byudjetdan 
mablag‘ oluvchiga byudjet 
majburiyatlarini qabul qilish huquqining berilishidir. Byudjet xarajatlarini 
kassali ijro etishda belgilangan tartibda va chegaralangan mablag‘lar doirasida 
tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini 
to‘lovi amalga oshiriladi.
53
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 102-moddasiga ko‘ra.


147 
Davlat byudjetidan majburiyatlarning to‘lovi belgilangan tartibda ras-
miylashtirilgan byudjet mablag‘i oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet 
majburiyatlari ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar asosida xarajatlarning amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida mahalliy 
byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi, shu mintaqadagi turli darajada 
bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjetining to‘la hajmda moliyalashtiriladigan birinchi navbatdagi 
xarajatlarga ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar, 
ovqatlanish va dori-darmonlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlarni 
ko‘rsatish mumkin.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling