D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
tarkibi
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi. Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. XARAJATLAR SMETASIDA NAZARDA TUTILGAN TARMOQ KO’RSATKICHLARI: - isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko’rsatkichlar; - sotib olish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro’yxati; kapital va joriy ta’mirlash bo’yicha asosiy ishlar ro’yxati; - o’rmon xo’jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi; - qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo’yicha ishlar hajmi va boshqa ko’rsatkichlar hisobi; - bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo’yicha manzilli ro’yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; - budjetdan mablag‘’lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-kitoblar 152 Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning xarajatlar smetasi tashkilotlar bilan markazlashtirilgan buxgalteriyalar bosh (katta) hisobchilari yoki iqtisodchilari ishtirokida tuziladi . Byudjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetasi byudjet mablag‘larini taqsimlovchining bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda byudjet mablag‘larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bosh buxgalteri va moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning smetalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxatlari va obyektlarning titul ro‘yxatlari asosida tuziladi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini byudjet mablag‘larini taqsimlovchining jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25-dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonun 153 hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlashtirilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida birinchi chorak uchun byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, joriy moliya yilining 1-aprelidan e’tiboran byudjet tashkiloti va byudjet mablag‘lari oluvchining byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarajatlari xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turiladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling