D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
1
Majburiyatlarni qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridlari bo‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar; ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar; 1 U.Burxonov. Davlat xaridi. T.: infoCOM.UZ. 2010. 99 b. 178 2-rasm. Majburiyatlarni qabul qilish asoslari jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi tegishli davlat vakolatli organlari qarorlari; byudjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar. Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar – bu byudjetdan mablag‘ oluvchilar va byudjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G‘aznachilikda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan byudjetdan 179 mablag‘ oluvchi tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida G‘aznachilik bo‘linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi. G‘aznachilik organlarida byudjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi namunalari G‘aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to‘lovini nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi. G‘aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat va moliyaviy majburiyat. Yuridik majburiyat byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli G‘aznachilik organlarida majburiy ravishda ro‘yxatga olishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - byudjet nazoratining Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling