D tashmuxamedova
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni to‘g‘risida
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ro‘yxatga olingan shartnomalar soni to‘g‘risida 1 № Hudud nomi Ro‘yxatga olingan shartnomalar
- Ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar coni to‘g‘ricida. Yillar JAMI Shu jumladan ro‘yxatga olingan shartnomalar
- 6.2. Xo‘jalik shartnomasini shakllantirish tartibi
- Xo‘jalik shartnomasi
- Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni to‘g‘risida.
1 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ma’lumotlari asosida. 186 № Hudud nomi Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni 2012 y 2013 y 2014 y 2015 y 2016y 2017y 1 Qoraqalpog‘iston Res 1872 1905 1918 1916 1889 1883 2 Andijon viloyati 2183 2211 2214 2200 2189 2194 3 Buxoro viloyati 1650 1844 1844 1844 1772 1725 4 Jizzax viloyati 1382 1396 1415 1413 1396 1389 5 Qashqadaryo viloyati 2542 2504 2482 2538 2542 2542 6 Navoiy viloyati 1030 1033 1039 1052 1037 1027 7 Namangan viloyati 1876 2035 2020 2004 1960 1948 8 Samarqand viloyati 2864 3023 3011 2962 2844 2869 9 Surxondaryo viloyati 2036 2074 2029 2064 2050 2036 10 Sirdaryo viloyati 974 977 988 986 982 979 11 Toshkent viloyati 2250 2318 2307 2325 2295 2262 12 Farg‘ona viloyati 2648 2651 2697 2675 2702 2685 13 Xorazm viloyati 1420 1440 1441 1427 1435 1429 14 Toshkent shahri 1269 1359 1370 1343 1318 1270 15 Amaliyot boshqarmasi 834 916 927 902 826 826 jami: 26830 27686 27702 27651 27237 27064 O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi boshqarmalari va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2012-yil 668506ta, 2013-yil 1038009 ta, 2014-yil 1268617 ta, 2015-yil 1348486 ta, 2016-yil 885075 ta, 2017-yilda 843149 ta shartnomalar g‘aznachilikda ro‘yxatga olindi. 2-jadval Ro‘yxatga olingan shartnomalar soni to‘g‘risida 1 № Hudud nomi Ro‘yxatga olingan shartnomalar 2012 2013 2014 2015 2016 2017 1 Qoraqalpog‘iston Resp. 55 287 69 327 76 681 86 728 60 952 60 455 2 Andijon viloyati 56 473 82 614 110 110 118 175 80 260 69 343 3 Buxoro viloyati 46 651 72 133 79 107 83 781 55 132 54 261 4 Jizzax viloyati 23 451 34 937 41 678 45 733 37 781 40 095 5 Qashqadaryo viloyati 34 426 54 887 59 723 65 960 51 402 43 753 6 Navoiy viloyati 23 751 36 124 45 314 49 142 33 372 33 401 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ma’lumotlari asosida. 187 7 Namangan viloyati 46 023 75 956 95 619 99 954 60 840 58 125 8 Samarqand viloyati 50 679 90 147 109 455 111 756 68 480 71 073 9 Surxandaryo viloyati 37 225 61 230 73 812 88 074 66 998 69 352 10 Sirdaryo viloyati 17 923 28 569 36 863 41 710 31 509 29 009 11 Toshkent viloyati 58 999 86 175 105 934 120 663 72 468 64 796 12 Farg‘ona viloyati 80 713 130 748 174 001 168 630 95 472 87 125 13 Xorazm viloyati 37 145 66 544 77 433 79 716 47 853 46 849 14 Toshkent shahri 44 225 70 443 81 687 82 267 51 211 48 487 15 Amaliyot boshqarmasi 55 535 78 175 101 200 106 207 71 345 67 025 J A M I 668 506 1 038 009 1 268 617 1 348 496 885 075 843 149 O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi boshqarmalari va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2012-yil 95102 ta, 2013-yil 118506 ta, 2014-yil 112738 ta, 2015-yil 142999 ta, 2016-yil 101789 ta, 2017-yilda 103800ta shartnomalar g‘aznachilikda ro‘yxatga olinmasdan byudjet tashkilotlariga qaytarildi. 3-jadval Ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar coni to‘g‘ricida. Yillar JAMI Shu jumladan ro‘yxatga olingan shartnomalar qaytarilgan shartnomalar soni (%) summasi (%) soni (%) summasi (%) soni (%) summasi (%) 2013 100 100 89,8 82,9 10,2 17,1 2014 100 100 87,5 89,6 12,5 10,4 2015 100 100 90,4 87,1 9,6 12,9 2016 100 100 89,7 89,2 10,3 10,8 2017 100 100 89,0 88,7 11,0 11,3 Yuridik majburiyatlar bo‘limlarida ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar hajmi 2013–2017-yillar davomida 17,1%dan 11,3%ga kamayganini tahlili shuni 188 ko‘rsatadiki, xo‘jalik sharnomalarini shakllantirish va taqdim etish tartibiga qat’i rioya etilishi talab etiladi. 6.2. Xo‘jalik shartnomasini shakllantirish tartibi Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlari o‘rtasidagi, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib berish bilan bog‘liq munosabatlar muayyan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar asosida tashkil etiladi. Bunday munosabatlarga kirishgan taraflar o‘rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son, 29.08.1998.) shular jumlasidandir. Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Shuningdek, Fuqarolik Kodeksi bilan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin ekanliklari, shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma ekanligi, shartnoma bo‘yicha bir taraf Xo‘jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. 189 ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanishi kabilar belgilab qo‘yilgan. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat (4-rasm): 4-rasm. Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar hech kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o‘zaro manfaatdorlik asosida shartnoma tuzishlari, shartnoma shartlarida belgilangan talablarni so‘zsiz bajarishlari, shartnoma shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi Shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari Xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi Taraflarning o’zaro manfaatdorligi Shartnoma intizomiga rioya etish Taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi 190 (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Xo‘jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko‘rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo‘jalik shartnomalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi. Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko‘rsatiladi: xo‘jalik shartnomasida ko‘rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi; xo‘jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi; taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini 191 kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko‘rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun hujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‘rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling