D tashmuxamedova


 Yuridik majburiyatlar bo‘limida shartnomalarni ro‘yxatdan


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

6.3. Yuridik majburiyatlar bo‘limida shartnomalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish tartibi 
I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan shartnomalar I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik 
va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtmalar (YuMMR buyurtmalari) asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki 
hisobga olinadi. 


192 
Bunda 
«UzASBO» 
DMga 
ulangan 
buyurtmachilar 
YuMMR 
buyurtmasini «UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron shaklini yuboradi
1

«UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda 
g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron YuMMR buyurtmalari 
rasmiylashtiriladi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va 
aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar 
g‘aznachilik bo‘linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, 
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga 
ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritadi
2

Buyurtmachilarning 
«UzASBO» 
DM 
orqali 
elektron 
shaklda 
g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli 
imzosi bilan tasdiqlangan holda «O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli 
kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. 
«UzASBO» DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini 
qog‘oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashga to‘lov 
hujjatlari ilova qilingan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladi. 
G‘aznachilik 
bo‘linmalarining 
mas’ul 
xodimlari 
YuMMR 
buyurtmalarini qabul qilganlaridan so‘ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib 
olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida 
YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli 
1
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalariga kiritilayotgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalar” O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20-noyabr 2017-yildagi 
159-son buyrug‘i asosida.
2
O‘sha manba


193 
manbalarning 
(byudjetdan 
ajratiladigan 
mablag‘lar, vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va 
BMJ mablag‘lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to‘lov 
hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarga 
muvofiqligi yuzasidan tekshiradi. 
Kamchiliklar bo‘lmaganida g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul 
xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari: 
– byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — 
YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini 
ko‘rsatgan holda «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish 
yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi; 
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga 
hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda «Buyurtma bo‘yicha to‘lovlar 
shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan 
«Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga 
olinadi. 
YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik 
bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini 
ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.
Kamchiliklari ko‘rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to‘g‘risidagi 
ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan «O‘RMV» ATda elektron 
shaklda amalga oshiriladi. 
YuMMR buyurtmasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan 
o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul 
xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini 
ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli 
buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining 
ikkinchi asli g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi. 


194 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling