D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
III guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar kapital qo‘yilma
buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart. Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechiktirmasdan tuzilishi lozim, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kapital qo‘yilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat byudjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish 195 kuni mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan summani shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo‘yilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling