D tashmuxamedova
olish uchun hujjatlar paketini taqdim etish
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomalarni
olish uchun hujjatlar paketini taqdim etish
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va «Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi; - vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda «Shartnoma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i 198 doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi. Shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng shartnomaning ikkita asli va To‘lovlar jadvalining bitta asli kapital qo‘yilma buyurtmachisiga qaytariladi, ro‘yxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, To‘lovlar jadvalining ikkinchi asli va shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi. Manzilli ro‘yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar bo‘yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: ilgari g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi; qo‘shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda); ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali; manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi; qurilish obyekti titul ro‘yxati nusxasi. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga 199 buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi «O‘RMV» ATda Shartnomalarni Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling