D tashmuxamedova


IV guruh xarajatlari bo‘yicha


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 
buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
- shartnomaning ikki asli va bir nusxasi; 
- ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali (agar shartnoma vazifa jihatidan 
tasnifning bir nechta kodlari bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa, unda byudjet 
tasnifining tegishli kodlari alohida ko‘rsatiladi); 
- shartnoma summasi 1000 AQSh dollari miqdorigacha summani tashkil 
etganda yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish 
bo‘yicha erkin savdolar o‘tkazish bayonnomasi nusxasi; 
- summasi 1 ming AQSh dollari miqdoridan 100 ming AQSh dollari 
miqdorigacha summani tashkil etgan alohida tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) birja tashkil qilgan elektron savdolar orqali xarid qilish 
bo‘yicha konkurs savdolar o‘tkazish bayonnomasi nusxasi; 
- summasi 100 ming AQSh dollari miqdoridan ortiq summadagi 
shartnomalar bo‘yicha tender savdolari bayonnomasi nusxasi; 
tegishli faoliyat turi uchun litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi 
hujjatning nusxasi (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat 
olishni talab qilsa). Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatining yoki 
jalb qilingan advokatning imzosi bo‘lishi shart. 


204 
shartnomalar tegishli Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 
ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarning 
(Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 
ikki asli va bir nusxasi bilan birga g‘aznachilik bo‘linmalariga ikki asl nusxada 
To‘lovlar jadvali taqdim etiladi. 
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb 
qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart. 
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar 
bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki 
hisobga olish buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim 
etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: 
– ilgari g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga 
olingan shartnomaning nusxasi; 
– qo‘shimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma 
shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda); 
– ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali. 
Bunda qo‘shimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb 
qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart. 
Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan alohida toifadagi bemorlarni 
imtiyozli retseptlar bo‘yicha dori vositalari bilan ta’minlash uchun hududiy 
sog‘liqni saqlash bo‘limlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari 
xarajatlar smetasi doirasida, bemorlarga yozib berilgan retseptlar asosida 
berilgan dori vositalari qiymatini to‘lash uchun oldindan tanlov, tender yoki 
elektron savdolari o‘tkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga 
e’lon joylashtirmasdan dorixona muassasalari bilan belgilangan tartibda 
shartnomalar tuzadi. Mazkur shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Bunda hududiy sog‘liqni saqlash bo‘limlari yoki ambulatoriya-
poliklinika muassasalari shartnoma summasidan kelib chiqib va xarajatlar 
smetasi doirasida oylik summadan 15 foiz miqdorda har oylik oldindan to‘lovni 


205 
amalga oshiradi. Yakuniy hisob-kitob dorixona muassasalari tomonidan 
haqiqatda yetkazib berilgan dori vositalari miqdoridan kelib chiqib yozib 
berilgan hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi. 
IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag‘lari to‘lash faqat qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. 
Buyurtmachilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
«O‘qitish xarajatlari», «Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari», 
«Boshqa xarajatlar» va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd 
pul olish bo‘yicha yuridik majburiyatlari g‘aznachilik bo‘linmalarida 
buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II 
guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki 
hisobga olish tartibi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi: 
– ikki asl nusxada YuMMR buyurtmasi; 
– buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni 
o‘tkazish va boshqalar to‘g‘risidagi) buyrug‘i nusxasi. 
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar 
tasnifining bir satrida mablag‘lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga 
tenglashtirilgan xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlari YuMMR buyurtmasi 
asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki 
Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma 
taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida
- ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini; 
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga 
(hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr 
va imzolari mavjudligini; 
- muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan 
imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va 
muhr iziga mosligini; 


206 
- shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga 
(hisobga olishga) buyurtmalarda ko‘rsatilgan summani shartnomada 
yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtmalarda ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning 
(byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ 
mablag‘lari) mavjudligini tekshiradi. 
Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari yuzasidan tekshirishda kamchiliklar 
bo‘lmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan so‘ng to‘rtinchi 
ish kunidan kechikmasdan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan:
– byudjetdan ajratilgan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling