D tashmuxamedova


tomonidan amalga oshiriladigan nazorat


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

tomonidan amalga oshiriladigan nazorat 
 
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 123-moddasi asosida.
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik 
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat 
byudjet mablag‘lari oluvchilar va boshqa javobgar shaxslarning imzo va 
muhrlarini solishtirish 
hisob-kitoblarning to‘g‘riligini nazorat qilish 
byudjet tasnifidan to‘g‘ri foydalanilganligini nazorat qilish 
yuridik majburiyatning ro‘yxatdan o‘tish raqami mavjudligini tekshirish 
kreditorning rekvizitlari aniqligini nazorat qilish 
byudjet mablag‘lari mavjudligini nazorat qilish 


214 
Amal qilish muddati o‘tgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan 
tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini to‘lash bo‘yicha 
moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy moliya yili doirasida, 
hisobvaraq-fakturalar va o‘zaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi 
asosida amalga oshiriladi.
Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, 
shuningdek sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlar, yig‘imlar, badallar, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik 
majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul 
qilinadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari 
oluvchilarning buyurtmalari bo‘yicha to‘lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan 
mablag‘lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, 
shuningdek 
byudjet 
tashkilotlari 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalari 
mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarni to‘lash 
uchun to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan 
sanadan kamida bir ish kuni oldin taqdim etadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan byudjet 
tashkilotlari (byudjet mablag‘lari oluvchilar) o‘rtasidagi, byudjet tizimi 
byudjetlarining turli darajalari o‘rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli 
jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi to‘lovlar g‘azna memorial orderlari asosida 
amalga oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning chet el 
valyutasidagi to‘lovlari hamda pul o‘tkazmalari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga 
oshiriladi.


215 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va 
davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan o‘tgan moliya yilida 
hosil bo‘lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo‘shimcha 
davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o‘tkaziladi
1

G‘aznachilik organlarida pul mablag‘larini samarali boshqarish
moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash maqsadida xarajatlarni to‘lash 
ruxsati (XTR) joriy etilgan. Bunda har haftada pul mablag‘larini boshqarish 
bo‘linmasi kassa rejasini yangilaydi va XTR hajmini belgilaydi. So‘ngra byudjet 
tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XTR beriladi. XTR lar muayyan 
muddatga yoziladi va shu muddat o‘tgandan so‘ng ular o‘z kuchini yo‘qotadi.(2-
rasm) 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling