D tashmuxamedova


Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 
1. G‘aznachilikda yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha 
taqdimot tayyorlang. 
2. Narx monitoringini tashkil etish tartibini sxemada tushuntiring. 
3. Elektron auktsion savdolarning narxlarni boshqarish va nazorat qilish, 
shartnomalarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi ahamiyati haqida 
esse yozing. 


211 
7-BOB. G‘aznachilikda moliyaviy majburiyatlar va xarajatlar to‘lovini 
boshqarish
 
Reja 
 
7.1Moliyaviy majburiyatning shakllanishi, maqsadi, xususiyatlari. 
7.2.
 
I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi. 
7.3.
 
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi. 
7.4. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi. 
 
7.1. Moliyaviy majburiyatning shakllanishi, maqsadi, xususiyatlari 
 
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib 
berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko‘rsatilganidan) keyin vujudga 
keladi. Byudjet Kodeksida belgilab qo‘yilishicha, “moliyaviy majburiyatlar – 
byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul 
mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro 
hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar”
1
hisoblanadi.
Moliyaviy majburiyatlarni G‘aznachilikda ro‘yxatga olishdan ko‘zlangan 
asosiy maqsad - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet va 
xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni 
ta’minlash hamda byudjet tashkilotlarining kreditor qarzdorliklarini nazorat 
qilish.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini 
talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan 
schet-fakturalar, 
ishlar 
bajarilganligi 
yoki 
xizmatlar 
ko‘rsatilganligini 
tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalariish haqi qaydnomalari 
(vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga 
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O‘RQ-360-son.


212 
ega bo‘lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan 
tasdiqlanishi shart. 
Moliyaviy mavjburiyatlarning shakllanishi yuzasidan nazariyotchi olimlar
o‘z fikrlarini bildirganlar. Po‘latov D.H. tomonidan –“Moliyaviy majburiyatlar - 
byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘ oluvchilarda ularga pul 
mablag‘larini o‘tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan 
ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘lib, ular qabul qilingan 
yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar 
doirasida hisobvaraq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul 
qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi”
1
deyilgan. Qosimova G.A.ning fikricha, 
“Moliyaviy majburiyat – shartnomaga muvofiq tovarlar yetkazib berilgan (ishlar 
bajarilgan, xizmatlar ko‘rcatilganidan) keyin vujudga keladi. Moliyaviy 
majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tacdiqlanishi talab etiladi. 
Masalan, schyot fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini 
tasdiqlovchi 
olish-topshirish 
dalolatnomalari, 
ish 
haqi 
qaydnomalari 
(vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlardir”
2
. Musayeva A.I.ning fikricha, 
“Moliyaviy majburiyatlar – ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, 
shuningdek sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlar, yig‘imlar, badallar, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik 
majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul 
qilinadi”
3

Moliyaviy majburiyatlar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va 
xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-
fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar 
asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi.
1
Po‘latov D.X. Davlat budjetining g‘azna ijrosi. T.: Moliya, 2016. 288 b.
2
Qosimova G.A. G‘aznachilik: O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2015. 500 b. 165 b.
3
Musayeva I.A.”Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olishning umumiy qoidari” ma’ruza 
matn.2016. 4 b.


213 
Birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar, 
shuningdek Byudjet Kodeksining 122-moddasi o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan 
xarajatlar yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi
1
. Moliyaviy 
majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik tomonidan amalga 
oshiriladigan nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi (1-rasm): 
1-rasm. Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling