D tashmuxamedova


III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

7.3. III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi 
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar kapital 
qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
beruvchilarning (pudratchilarning) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib 
berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalari va qonun hujjatlariga muvofiq 


232 
hisobvaraq-faktura o‘rnini bosuvchi hujjatlar (bundan buyon matnda 
hisobvaraq-faktura deb yuritiladi) asosida qabul qilinadi.
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda moliyaviy majburiyatlar 
mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik majburiyatlar va xarajatlarni 
to‘lash uchun ruxsatnoma doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
beruvchilardan (pudratchilardan) ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib 
berilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganlaridan so‘ng o‘n ish 
kunidan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun ularning 
asli va nusxasini belgilangan shakldagi ikki asl nusxada Moliyaviy 
majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga 
tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilishi lozim. 
O‘n ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar kapital 
qo‘yilma buyurtmachilarining kechikish sababi ko‘rsatilgan, kapital qo‘yilma 
buyurtmachisining rahbari va bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi 
asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan 
taqdim qilingan buyurtma va hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim 
qilinganidan keyingi kundan kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni 
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul 
xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga 
olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini 
ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampi va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosi va 
«Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazadi. 


233 
Ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va hisobvaraq-
fakturalarning asli kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi, Moliyaviy 
majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning ikkinchi 
asli va hisobvaraq-fakturalarning nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash 
uchun qoladi. 
Agar hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi ishlarni 
bajarish jadvalidan ilgarilab ketish natijasida yuzaga kelgan hamda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladigan yoki hisobga olinadigan moliyaviy majburiyatlar tegishli yil 
uchun rejalashtirilgan mablag‘lardan oshsa, kapital qo‘yilma buyurtmachilari 
g‘aznachilik bo‘linmalariga tegishli hujjatlar bilan birga bosh buxgalterlari 
tomonidan imzolangan ma’lumotnoma taqdim etadi. Ushbu ma’lumotnomada 
tegishli hisobvaraq-faktura rekvizitlari hamda smeta doirasida joriy yil uchun 
qabul qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy majburiyat summasi ko‘rsatiladi. Bunda 
moliyaviy majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan summa doirasida 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi. 
Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining «UzASBO» DM orqali elektron 
shaklda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va 
g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni 
ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda 
«O‘RMV» ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, 
kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron 
tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi. 
«UzASBO» DMga ulanmagan kapital qo‘yilma buyurtmachilari to‘lov 
topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga 
qog‘oz shaklda taqdim qiladi.


234 
Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining xarajatlar to‘lovi quyidagi 
talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: 
a) to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami; kapital qo‘yilma 
buyurtmachisining nomi va STIRi; byudjet tasnifining tegishli kodlari; yuridik 
majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq- faktura raqami 
va sanasi; avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilganida
b) qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari asosida va tegishli 
obyektlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi mavjud ajratilgan byudjet 
va byudjetdan tashqari mablag‘lari qoldig‘i doirasida; 
v) agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida ko‘rsatilgan 
summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan 
yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda 
to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa; 
g) hisobvaraq-fakturalar, kapital qo‘yilma buyurtmachisining tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchilarga (pudratchilarga) oldidagi qarzdorligini 
tasdiqlovchi solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi 
lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda; 
d) to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari yuridik va 
moliyaviy 
majburiyatlar 
yuzaga 
kelganligini 
tasdiqlovchi 
hujjatlarda 
ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) 
nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling