D tashmuxamedova


 IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

7.4. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to‘lovi 
Xarajatlar smetalarining IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy 
majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
beruvchilarning (pudratchilarning) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar 
bajarilganligini
xizmatlar 
ko‘rsatilganligini) 
tasdiqlovchi 
hisobvaraq-
fakturalari asosida qabul qilinadi. IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy 
majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan hisobvaraq-fakturalar hamda 
moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yuridik 
majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnoma doirasida ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi va hisobga olinadi
1
.
Buyurtmachilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilardan 
(pudratchilardan) tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, 
xizmatlar ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar olganidan so‘ng 
besh ish kunidan kechikmasdan ularni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish 
uchun ularni asli va nusxasini ikki asl nusxada Moliyaviy majburiyatlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma bilan birga tegishli 
g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilishi lozim. 
Besh ish kunidan kechikib taqdim qilingan hisobvaraq-fakturalar 
buyurtmachilarning kechikish sababi ko‘rsatilgan, buyurtmachining rahbari va 
1
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son 
buyrug‘iga
ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami № 
2580.


240 
bosh buxgalteri imzolagan yozma tushuntirishi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi 
yoki hisobga olinadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan 
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma 
va hisobvaraq-fakturalar asosida ular taqdim qilinganidan keyingi kundan 
kechikmasdan moliyaviy majburiyatlarni: 
- byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — 
mas’ul xodim tomonidan Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga 
(hisobga olishga) buyurtmaning ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va 
sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini 
qo‘yish, shuningdek 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi 
tomonidan shaxsiy imzosini va «Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazadi; 
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan 
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtmaning ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda 
«Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli 
shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga oladi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan Moliyaviy majburiyatlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmaning bir asli va tovarlar 
yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini) 
tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalarning asli buyurtmachilarga qaytariladi, 
Moliyaviy 
majburiyatlarni 
ro‘yxatdan 
o‘tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtmaning ikkinchi asli va tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar 
bajarilganligini, 
xizmatlar 
ko‘rsatilganligini) 
tasdiqlovchi 
hisobvaraq-
fakturalarning nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
Buyurtmachilarning «UzASBO» DM orqali elektron shaklda g‘aznachilik 
bo‘linmalariga yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari 


241 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan bir ish kuni ichida mas’ul xodimning 
elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda «O‘RMV» ATda elektron 
tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida 
esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga 
qaytariladi. 
Buyurtmachilarning xarajatlar to‘lovi quyidagi talablarga rioya qilgan 
holda amalga oshiriladi: 
a) to‘lov hujjatida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami,
kapital qo‘yilma buyurtmachisining nomi va STIRi,
byudjet tasnifining tegishli kodlari,
yuridik majburiyat yuzaga kelishiga asos bo‘lgan hujjat va hisobvaraq-
faktura raqami va sanasi,
avans (to‘lov) miqdori va to‘lov maqsadi to‘g‘ri ko‘rsatilganida; 
b) buyurtmachilarning xarajatlar smetasining IV guruhi tegishli 
moddalari bo‘yicha rejali mablag‘lar, shuningdek byudjetdan tashqari 
mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari qoldiqlari summalari 
doirasida; 
v) agar to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida 
ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki 
hisobga olingan yuridik majburiyatga asosan oldin o‘tkazilgan mablag‘larni 
hisobga olgan holda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmasa; 
g) hisobvaraq-fakturalar, buyurtmachining tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
yetkazib beruvchilar (pudratchilar) oldidagi qarzdorligini tasdiqlovchi 
solishtirish dalolatnomasi, shuningdek avans to‘lovlarini o‘tkazishi lozimligini 
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda; 
d) to‘lov topshiriqnomasida yoki g‘azna memorial orderida tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) nomi va rekvizitlari 
yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlarda 
ko‘rsatilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchining (pudratchining) 
nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganida. 


242 
To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘linmalariga IV guruh 
xarajatlari bo‘yicha uch nusxada taqdim qilinadi: 

Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan 
va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalarining birinchi 
nusxasi, buyurtmachilarning g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun 
topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi; 

To‘lov 
topshiriqnomalarining 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling