D tashmuxamedova


To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘linmalariga uch nusxada


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

To‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘linmalariga uch nusxada 
taqdim qilinadi
birinchi nusxasi - Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov 
topshiriqnomalari 
kapital 
qo‘yilma 
buyurtmachilarining 
g‘aznachilik 


235 
bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga 
oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. 
ikkinchi nusxasi – g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul 
shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan 
tasdiqlanadi va YaG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos 
bo‘ladi.
uchinchi nusxasi - g‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi 
bilan va to‘langan sana qo‘yilgan holda shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan 
ko‘chirma bilan birga kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga 
qaytariladi
Bunda to‘lov topshiriqnomalarida: 
– 
«Mablag‘larni 
to‘lovchining 
nomi» 
ustunida 
g‘aznachilik 
bo‘linmasining nomi, 
– «Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H,
– «To‘lov maqsadi» ustunida — kapital qo‘yilma buyurtmachisining 
shaxsiy g‘azna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli 
kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat 
yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. 
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan to‘lov 
topshiriqnomalari talablarga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalarining 
mas’ul 
xodimlari 
to‘lov 
topshiriqnomalarining 
ikkinchi 
nusxasiga 
«TEKShIRILDI» belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va 
o‘zining imzosini qo‘yadi. 
To‘lov topshiriqnomalar talablarga nomuvofiq bo‘lgan hollarda 
g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining 
orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining 
mas’ul 
xodimlariga 
qaytaradi
To‘lov 
topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli 
va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan 
rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. 


236 
Bir 
shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari 
tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga g‘aznachilik memorial orderlari uch 
nusxada taqdim qilinadi: 
– birinchi nusxasi - kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan 
g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i 
bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat 
qiladi;
– ikkinchi nusxasi - g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik 
bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, 
g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish 
uchun asos bo‘ladi; 
– uchinchi nusxasi - G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi 
bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlari shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytariladi. 


237 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling