D tashmuxamedova


G‘aznachilik memorial orderi N


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

G‘aznachilik memorial orderi N ______
Sana 
KK.OO.YYYY 
To‘lovchi 
To‘lovchining nomi 
To‘lovchining shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘i 
STIR 
Summa 
Oluvchi 
Oluvchining nomi 
Daromad shaxsiy g‘azna 
STIR 


224 
hisobvarag‘i 
Summa yozuvda 
To‘lov maqsadi 
Rahbar 
Imzo 
F.I.O. 
M.O‘. 
Bosh buxgalter 
Imzo 
F.I.O. 
G‘aznachilik memorial orderi N ______
Sana 
KK.OO.YYYY 
To‘lovchi 
To‘lovchining nomi 
To‘lovchining shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘i 
STIR 
Summa 
Oluvchi 
Oluvchining nomi 
Daromad shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘i 
STIR 
Summa yozuvda 
To‘lov maqsadi 
G‘aznachilik bo‘linmasining rahbari yoki 
vakolatli shaxs 
Imzo 
F.I.O. 
M.O‘. 
Mas’ul xodim 
Imzo 
F.I.O. 
 
5-rasm. G‘aznachilik memorial orderi shakli
1
 
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial 
orderlari talablariga muvofiq bo‘lganda - g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul 
xodimi 
g‘aznachilik 
memorial 
orderlarining 
ikkinchi 
nusxasiga 
«TEKShIRILDI» belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani 
va o‘zining imzosini qo‘yadi.
G‘aznachilik memorial orderlari talablarga nomuvofiq bo‘lgan hollarda - 
g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial 
1
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 
2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarorining 4-ilovasi asosida. 


225 
orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni 
buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi.
G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik 
bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik 
bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng 
amalga oshiriladi. 
Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda 
g‘aznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

iqtisod qilingan byudjet mablag‘larini o‘tkazishda – Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan 
byudjet tashkilotlari bo‘yicha – tegishli hududiy moliya organlarining 
xulosalari, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet 
tashkilotlari bo‘yicha – ushbu byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil 
ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma 
shakldagi murojaatlari; 

noto‘g‘ri tushgan mablag‘larni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova 
qilinadi.
Bunda ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, musiqa va san’at 
maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, xodimlardan ular ishlayotgan 
joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni 
o‘tkazishda va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarni amalga oshirishda 
qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq to‘lov maqsadida 
oyi, yili va kimga to‘layotganligi ko‘rsatilishi shart (g‘aznachilik memorial 
orderi har bir to‘lovchi bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonun 
hujjatlariga 
muvofiq bir shaxsiy 
g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga 
mablag‘larni o‘tkazishda ham g‘azna memorial orderiga qo‘shimcha hujjatlar 
talab qilinmaydi va to‘lov maqsadida tegishli qonun hujjati va nima maqsadda 
o‘tkazilayotganligi ko‘rsatilishi shart. 


226 
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari I va II guruh xarajatlari 
bo‘yicha YuMMR buyurtmalari asosida «O‘RMV» ATga buyurtmachilari 
tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial 
orderlarini kiritadi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi. 
I va II guruh xarajatlari bo‘yicha XTR summalarini hisoblashda 
xarajatlarni moliyalashtirishning quyidagi sanalarini inobatga olish lozim: 
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar - har oyning 1 – 5 sanalarida 
60% miqdorida, har oyning 15 – 20 sanalarida 40% miqdorida, qonun 
hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno; 
Yagona ijtimoiy to‘lov - har oyning 1 - 5 sanalarida; 
Ijtimoiy nafaqalar (voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa 
va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va 
boshqalar) - har oyning 1 - 15 sanalarida. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling