D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy Moliyaviy majburiyatlar majburiyatlar va va to to ’ ’
budjet tshkiloti
G ’aznachilik organi NAQD PUL SO ’ROVNOMA SI TO ’LOVNI AMALGA OSHIRISH MABLAG ’LAR ELETRON TO ’LOV G ’aznachilik organiga xizmat ko ’rsatuvchi bank XODIM BO ’LIM BOSHLIG’I TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH SO'ROVNOMANI TASDIQLASH VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH NAZORAT: HARAJATLAR SMЕTASI BO'YICHA QOLDIQLAR VA BOSHQALAR Moliyaviy Moliyaviy majburiyatlar majburiyatlar va va to to ’ ’ lovlar lovlar bo bo ’ ’ limi limi TOVAR YETKAZIB BERUVCHIGA XIZMAT KO ’RSATUVCHI BANK 7-rasm. To‘lovlarni amalga oshirish tartibi Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining «To‘lov maqsadi» ustunida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari Qoidalar 1 talablariga muvofiq bo‘lganda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik 1 “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami № 2580. 238 memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytaradi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda g‘aznachilik memorial orderlariga mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘luvchi yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi. G‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda har bir hisobvaraq-fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom bo‘lganidan so‘ng to‘lanadigan kafolat summasi to‘g‘risidagi ma’lumot «O‘RMV» ATga kiritilmaydi. Kafolat muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadigan obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasini to‘lash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi hisobvaraq-faktura va kapital qo‘yilma buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) o‘rtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi 1 . G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma olishda kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlari jurnalga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi. Bunda g‘aznachilik bo‘linmalarida Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan 1 O‘sha erda. 239 ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir kapital qo‘yilma buyurtmachisi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi. Kapital qo‘yilma buyurtmachilari ko‘chirmalarni «UzASBO» DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling