D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 35-moddasi asosida. 252 resurslardan avaylab foydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o‘sish sur’atlari mahalliy rezervlarni safarbar etishga, mablag‘larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, umuman O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi. Mahalliy byudjetlardan uy- joy kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minotga doir tadbirlar va hokazolar moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatining iqtisodiy imkoniyatlarini moliyaviy asoslarini yaratadi. Masalan, iqtisodchi G.V. Polyak quyidagi fikrlarni bildiradi “Davlat byudjetdan o‘zining faoliyatini bevosita moliyaviy ta’minlashning instrumenti sifatida hamda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim elementi sifatida foydalanadi” 1 - deb ta’kidlaydi. Demak, bir tomondan byudjetning paydo bqlishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bqlib, ikkinchidan, aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik kiritiladi. Iqtisodchi L.A Drobozinaning byudjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati to‘g‘risi dagi fikrlari quyidagichadir: “O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti – o‘zida davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanishning alohida shaklidir, o‘zining ijtimoiy- iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra – milliy daromadni taqsimlashning asosiy qurolidir” 2 - deb ta’kidlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi 1 Поляк Г.Б. Бюджетная система РФ.-М.: ЮНИТИ, 2011. 2 Дробозина Л.А. Финанси.-М.: ЮНИТИ, 2010.. 253 lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi 1 . Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda: – mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno; – tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, bundan ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; – tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; – yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling