D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 6-moddasi asosida. 2 Steven M.Bragg. TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010. 251 Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi 1 . Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. Byudjetning yaxlitliligi tufayli respublika o‘z tasarrufiga pul resurslarining yagona markazlashtirilgan jamg‘armasini oladi, uni byudjet tizimining faqat biror-bir bo‘g‘iniga taqdim etish mumkin emas hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga birlashtiriladigan barcha byudjetlarning majmui sifatida ifodalanadi. Respublika byudjet tizimining yaxlitligi va bir butunligi qonun tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan, unda quyi byudjetlarning biri yuqori bo‘g‘inga kirishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yetakchi bo‘g‘ini - umumrespublika byudjeti. Respublika byudjeti – Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni umumrespublika byudjeti orqali tartibga solinadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish va ularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlar bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling