D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlarni hisobga olish tizimidagi omillar
o‘tkazish tartibi.
6.1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so‘nggi nazorat shakllari mavjud. Agar byudjet amaliyoti nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, dastlabki byudjet nazorati turli darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash, byudjet tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish natijasiga g‘aznachilik idoralari va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari hamkorligida Davlat byudjeti pul mablag‘larini uning daromadlari va xarajatlari mutanosibligini ta’minlagan holda rejalashtirish va boshqarish usulisiz erishib bo‘lmaydi 1 . Davlat byudjeti g‘azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g‘aznachilik organlariga ham yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh 1 Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada. 2010 year. 176 boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo‘limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.) Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag‘larning ajratilishida, bevosita to‘lovlarning amalga oshirilishida olib boriladi. Byudjet mablag‘larini oluvchilari o‘z zimmasiga muayyan yuridik majburiyatlarni olishi, byudjetdan olingan mablag‘larning maqsadga muvofiq va to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish tartiblarini belgilovchi muayyan yuridik normalar o‘rnatilgan 1 . Majburiyat – bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so‘zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi. Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o‘rin egallaydi (1-rasm): 1 Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada, 2010 year. 177 1-rasm. Majburiyatlarni hisobga olish tizimidagi omillar Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling