D tashmuxamedova


Buyurtmachilarning YaG‘Hga mablag‘ undirish bo‘yicha inkasso


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Buyurtmachilarning YaG‘Hga mablag‘ undirish bo‘yicha inkasso 
topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalarini ijro etish. 
Buyurtmachilarning inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalari 
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
nizom
 
(ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va 
g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi va 
to‘lov talabnomasining «Mablag‘larni oluvchining nomi» ustunida «O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi», «Mablag‘larni oluvchining 
hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H, «To‘lov maqsadida» ustunida – to‘lov kodi, 
buyurtmachining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso 
topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun asos bo‘lgan 
hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi. 
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar 
bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha 
taqdim etiladi: 
to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida 
besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi 
nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini 
qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining 
ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining 
vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining 


161 
muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga 
taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan 
sana ko‘rsatilib, YaG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va 
mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik 
bo‘linmasiga qaytariladi; 
bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik 
bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar 
yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso 
topshiriqnomasining 
birinchi 
nusxasi 
buyurtmachining 
g‘aznachilik 
bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat 
qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, 
g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita 
to‘lovchiga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
bankka 
taqdim 
etiladi. 
Inkasso 
topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga 
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga 
qaytariladi; 
hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik 
bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar 
yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli 
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso 
topshiriqnomasining 
birinchi 
nusxasi 
buyurtmachining 
g‘aznachilik 
bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat 
qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari 
g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, 
g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita 
to‘lovchiga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
bankka 
taqdim 
etiladi. 
Inkasso 


162 
topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga 
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga 
qaytariladi. 
Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan 
birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim 
etiladi: 
to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko‘rsatilganida 
to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi 
nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini 
qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, 
uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul 
xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan 
tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. To‘lov 
talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga 
xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan 
muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. 
oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt 
nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi 
nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini 
qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, 
uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul 
xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan 
tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim 
etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana 
ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur 


163 
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik 
bo‘linmasiga qaytariladi. 
– G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov 
talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron 
tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov 
talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. 
Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan 
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov 
talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga 
inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i 
bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga 
beriladi. 
Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri bo‘lib
bu davr mobaynida o‘tgan yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi amalga 
oshiriladi. Moliya vazirligi byudjet tizimi byudjetlarining qo‘shimcha vaqt 
davridagi ijrosi bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish tartibini va oxirgi 
muddatlarini belgilaydi. 
Qo‘shimcha vaqt davrida moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, 
shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilari tomonidan 
joriy moliya yili uchun Davlat byudjeti va DMJ byudjetlarini ijro etish bo‘yicha 
operatsiyalar, shu jumladan: 
- byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish; 
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning kreditorlik 
qarzlarini to‘lash; 
- byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag‘lar 
summalarini Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot 
tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) 
o‘tkazish; 


164 
- Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari mablag‘lari hisobidan boshqa 
ruxsat etilgan to‘lovlar amalga oshiriladi. 
Bunda moliya yili uchun qo‘shimcha vaqt davri byudjet tashkilotlarning 
byudjetdan tashqari jamg‘armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan 
mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot 
tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) 
o‘tkazish bundan mustasno. 
Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorliklar o‘tgan yilgi xarajatlar 
smetasining qaysi xarajatlar moddasi bo‘yicha yuzaga kelgan bo‘lsa, shu 
xarajatlar moddasi bo‘yicha to‘lanadi. 
Kreditor qarzdorliklarni to‘lab berish uchun buyurtmachilar tomonidan 
g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
- buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi 
(pudratchi) o‘rtasida o‘tgan yil yakuni bo‘yicha tuzilgan solishtirish 
dalolatnomasi nusxasi; 
- Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) 
buyurtma va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi 
hisobvaraq-fakturalar nusxalari; 
- to‘lov topshiriqnomalari (bunda to‘lov maqsadida qo‘shimcha ravishda 
«o‘tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to‘lash» ko‘rsatiladi); 
- o‘tgan yilning dekabr oyi uchun o‘tuvchi kreditor qarzdorlikni to‘lash 
joriy moliya yilining xarajatlar smetasida (vaqtinchalik xarajatlar smetasini 
hisobga olgan holda) nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar 
hisobidan amalga oshiriladi. 
- Qo‘shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki 
mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga va 
Tibbiyot 
tashkilotlarining 
moddiy 
rag‘batlantirish 
va 
rivojlantirish 
jamg‘armalariga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari va g‘anachilik 
memorial orderlarini to‘ldirishda to‘lov topshiriqnomalari va g‘anachilik 
memorial orderlarining to‘lov maqsadida mos ravishda «20__ yil uchun kreditor 


165 
qarzdorlikni qoplash» yoki «20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag‘larni 
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining 
moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish» yozuvi 
yoziladi. 
Iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish 
jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va 
rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – tegishli hududiy moliya 
organlarining xulosalari asosida; 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – ushbu byudjet tashkilotlari 
tomonidan mustaqil ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari 
imzolagan yozma shakldagi murojaatlari asosida. 
O‘tgan 
yilgi 
kreditor 
qarzdorlikni 
qoplash, 
shuningdek 
Byudjet 
tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy 
rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga iqtisod qilingan mablag‘larni 
o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalar yoki g‘aznachilik memorial orderlari 
g‘aznachilik bo‘linmalariga moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugashidan 
besh ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim. Kreditor qarzdorlikni to‘lash hamda 
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan mablag‘larni o‘tkazish 
uchun to‘lov topshirqnomalar va g‘aznachilik memorial orderlari moliya yiliga 
qo‘shimcha vaqt davri tugashidan besh ish kuni oldin taqdim etilmagan hollarda 
byudjetdan ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadni yo‘qotadi va tegishli 
byudjetlarning qoldiqlari bo‘lib hisoblanadi. 
Qo‘shimcha vaqt davrida O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat 
byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining tegishli shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlariga tegishliligi bo‘yicha o‘tgan yil mobaynida ishlatilmagan:


166 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan; 
o‘tgan yil uchun davlat tashqi qarzini to‘lash uchun ajratilgan 
mablag‘larning tiklanishi amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalaridan ajratilgan, 
shuningdek o‘tgan moliya yili uchun davlat tashqi qarzini to‘lanishiga oldin 
ajratilgan va o‘tkazilgan mablag‘larning o‘tgan moliya yili mobaynida 
foydalanilmagan qismining majburiy ravishda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika 
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar 
byudjetiga qaytarib o‘tkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi 
yilning 10-yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi. 
Agar zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan tadbirlar muayyan 
muddatga ega bo‘lsa, foydalanilmay qolgan mablag‘lar oluvchi tomonidan 
tadbirlar o‘tkazish muddati tugashi bilan o‘n ish kuni mobaynida belgilangan 
shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi. 
Qo‘shimcha vaqt davri yakunlanganidan so‘ng byudjet tashkilotlarining 
kreditor qarzdorligi birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. 
Byudjet 
tashkilotlarining 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalarida 
mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda yoki yetarli bo‘lmagan hollarda o‘tgan yilning 
kreditor qarzdorligini joriy moliya yili xarajatlar smetalarida (vaqtinchalik 
smetalarni hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan to‘lab 
beriladi. Bunda joriy moliya yilining xarajatlar smetasida kreditor qarzdorlikni 
(byudjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan tasdiqlangan smetalar va 
yuzaga kelgan kreditor qarzdorlik bo‘yicha tegishli hisob-kitoblar asosida) 
to‘lash uchun zarur mablag‘lar nazarda tutilganligi to‘g‘risidagi byudjet 


167 
mablag‘larini taqsimlovchilar (O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlar bo‘yicha), hududiy moliya organlari, 
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma xulosasi mavjud bo‘lgandagina 
to‘lovlar amalga oshiriladi. 
Bunda byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy moliya yili uchun xarajatlar 
smetasining tegishli moddasi bo‘yicha qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar 
summasi o‘tgan yilning kreditor qarzdorligini to‘lash uchun yo‘naltirilgan 
summaga kamaytiriladi. Buyurtmachilarning yetkazib beruvchilar bilan davriy 
asosda tuziladigan shartnomalari bo‘yicha kreditor qarzdorlik summasi 
shartnomada joriy moliya yili uchun qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar 
summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida ko‘rsatiladi. 
Buyurtmachilar o‘tgan moliya yilining kreditorlik qarzdorligini to‘lash 
uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling