D tashmuxamedova
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosini tashkil etish
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
5.3. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosini tashkil etish
G‘aznachilik organlari tomonidan «O‘RMV» ATda daromadlar va xarajatlar yoyilmasini shakllantirish, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va kelgusida ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritiladi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari «O‘RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: a) byudjet mablag‘lari bo‘yicha: – xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar – birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli moliya organlarida ro‘yxatga olingan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini; – xarajatlar smetalari Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli moliya organlarida ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni; b) byudjet tashkilotlarining tegishli byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha — byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari 157 bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar taqsimlovchi organlari «O‘RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: – xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini; – xarajatlar smetalari ro‘yxatga olinganidan so‘ng — oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumotlarni. G‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yuridik majburiyatlar, shuningdek ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng kuchga kiradi. Bunda yuridik majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun joriy moliya yilining 25- dekabridan kechiktirmay taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli byudjetda I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi. IV guruh bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: - oziq-ovqat va dori-darmon; - kommunal xizmatlar; - yonilg‘i va yoqilg‘i-moylash materiallari; - boshqa xarajatlar. 158 Bunda IV guruh hisobidan amalga oshiriladigan quyidagi xarajatlar I guruh to‘lovlarga tenglashtiriladi va I guruh xarajatlariga belgilangan muddatlarda to‘lanishi mumkin: - pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; - yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nafaqalar; - natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; - yolg‘iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari. G‘aznachilik bo‘linmalari “Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi Qoidalari”da belgilangan muvofiq shakldagi to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini qog‘oz shaklda rasmiylashtirgandan so‘ng ularni «UzASBO» DMga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron shaklini yuboradi. «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarining qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. To‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarining qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Xarajatlarni to‘lashga to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etiladi. Buyurtmachilar elektron to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga «UzASBO» DM orqali to‘lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin. Bunda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlari o‘n kun muddatgacha amal qiladi. 159 Buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalaridan tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar va ularga ilovalarni oladi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar ko‘chirmalarni elektron hujjat ko‘rinishida «UzASBO» DMdan oladi va elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar buyurtmachilarga qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi. YaG‘H bilan qamrab olinmagan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarni O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtirish g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ularning bank hisobvaraqlariga Qoidalarda nazarda tutilgan shaklda Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasi tomonidan taqdim qilinadigan Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnomaga asosan YaG‘Hdan amalga oshiriladi. YaG‘H orqali xizmat ko‘rsatiladigan buyurtmachilar moliyaviy hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, byudjet mablag‘lari taqsimlovchilariga va hududiy moliya organlariga taqdim qilishdan oldin moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlarini tegishli hisobot davrida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlariga muvofiqligini ularga xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan solishtiradi. Buyurtmachilarning hisobotlari to‘g‘ri bo‘lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo‘yilgan holda g‘aznachilik bo‘linmalarining byudjet hisobi bo‘yicha vakolatli xodimlari tomonidan imzolanadi. Bunda «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining qog‘oz ko‘rinishdagi asli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik bo‘linmalarining shtampi va imzosi bilan tasdiqlanmaydi. Elektron moliyaviy hisobotlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. Buyurtmachi rahbarining buyrug‘i bilan g‘aznachilik bo‘linmasi bilan ishlash uchun buyurtmachining mazkur Qoidalar talablari bilan tanishtirilgan mas’ul xodimlari belgilanadi. Buyurtmachining ushbu buyrug‘ining nusxasi 160 tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga buyurtmachining kuzatuv xati bilan taqdim qilinadi. Byudjet tashkilotlari tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishi, ssuda va kreditlar olinishi, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga lizing shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling