D tashmuxamedova
qaytarish yoki hisobga olishda xulosasi shakli
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
qaytarish yoki hisobga olishda xulosasi shakli
45 Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan bojxona to‘lovlarining qaytarilishi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Alohida hollarda, agar 30 kun mobaynida joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud bo‘lmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati bo‘lmasa, qaytarish yoki hisobga olish Moliya vazirligining yozma xulosasiga ko‘ra tegishli byudjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi mumkin. Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan to‘lovlarni tegishli byudjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan qaytarish yoki hisobga olishda qaytarilgan yoki hisobga olingan summalar xarajatlarda aks ettirilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti yoki DMJ daromadlari ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan daromad turi bo‘yicha qaytarish yoki hisobga olish summasiga kamaytiriladi. Byudjet tashkilotlarining joriy moliya yilida byudjet yoki byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga to‘langan to‘lovlari summasi byudjet tashkilotining to‘lov amalga oshirilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Bunda byudjet tashkilotining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida joriy moliya yilining kassa xarajatlarining tiklanishi bo‘yicha operatsiya aks ettiriladi. Agar byudjet tashkiloti tomonidan o‘tgan moliya yilida byudjet mablag‘lari hisobiga to‘langan to‘lov summasi qaytarilayotgan bo‘lsa, u holda 45 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida. 129 mablag‘lar byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, kelgusida qaytarilgan to‘lov summasini tegishli daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish hamda tushgan to‘lov summasini tegishli byudjet daromadiga taqsimlash orqali qaytariladi. Agar byudjet tashkiloti tomonidan o‘tgan moliya yilida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga to‘langan to‘lov summasi qaytarilayotgan bo‘lsa, u holda mablag‘lar byudjet tashkilotining tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytariladi. Bunday holatda, qaytarilgan to‘lov summasi byudjet tashkilotining joriy yildagi byudjetdan tashqari jamg‘armasi tushumi manbasi sifatida aks ettiriladi, byudjet tashkilotining o‘tgan moliya yilidagi kassa xarajatlari esa tiklanmaydi. To‘lovchilarga to‘lovlar qaytarilganligi yoki hisobga olinganligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi, g‘azna memorial orderi va boshqa to‘lov hujjatlari har kuni elektron tarzda "O‘RMV" ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlarning tegishli axborot tizimlariga taqdim etiladi. O‘zbekiston respublikasi davlat byudjeti va dmj byudjetlariga kelib tushgan to‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tuman va shahar byudjetlari, DMJ byudjetlariga ajratma qilingan to‘lovlar hisobini yuritish uchun "O‘RMV" ATning "Daromadlarni boshqarish" modulida har yili To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi yuritiladi. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobi Davlat byudjeti hamda DMJ byudjetlari tarkibiga kiruvchi har bir byudjet uchun alohida ochiladi va yuritiladi. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitobida to‘lovlar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq yuritiladi. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish 130 kitobida YaG‘Hga kelib tushgan, To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida aks ettirilgan, byudjet tizimining tegishli byudjetiga taalluqliligini aniqlash va byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimlash tartib-taomillaridan o‘tgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tuman va shahar byudjetlari, DMJ byudjetlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi. To‘lovlardan ajratmalarni hisobga olish kitoblarida kelib tushgan to‘lovlarning hisobi to‘lovlar turi va byudjet tizimi byudjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan sanalari bo‘yicha yuritiladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling