D tashmuxamedova


 Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

4.4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi 
hisobotni tuzish va hisobini yuritish tartibi 
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi bo‘yicha to‘lovlar kontingenti 
tushumi hisobi yuritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ 
byudjetlariga to‘lovlar kontingenti prognozining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar 
tuziladi. 
To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida jamlanadigan ma’lumotlar 
asosida "O‘RMV" ATda: 
- tumanlar va shaharlar bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga to‘lovlar 
kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; 
- O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida to‘lovlar 
kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor jamlanma ma’lumot; 
- O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 


131 
Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga to‘lovlar kontingenti tushumi 
to‘g‘risida hisobot shakllantiriladi
46

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lovlar kontingenti tushumi 
to‘g‘risidagi ma’lumot davlat soliq xizmati va bojxona organlari bilan 
taqqoslangandan so‘ng moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalari to‘lovlar 
kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni shakllantiradilar va yuqori turuvchi 
organlariga taqdim etadilar. 
Tuman, shahar moliya organlari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi 
hisobotni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, 
viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga taqdim qiladilar. 
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari hisobotni 
tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga taqdim qiladilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar moliya boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi 
hisobotni Moliya vazirligiga taqdim qiladilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 
G‘aznachilik boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni 
Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim qiladilar.
Daromadlar tushumi hisobini yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti va DMJ byudjetlari daromadlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish 
uchun "O‘RMV" ATda: 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga daromadlar tushumi 
to‘g‘risida tezkor ma’lumot; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar 
tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; 
46
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 
2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida.


132 

tumanlar va shaharlar byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida 
tezkor ma’lumot; 

DMJ byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar 
tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga daromadlar tushumi 
to‘g‘risida jamlanma ma’lumot; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga 
daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot jamlanadi va
"O‘RMV" ATda byudjet tizimining tegishli byudjetlariga daromadlar 
tushumi to‘g‘risidagi hisobot shakllantiriladi. 
Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi hisobot to‘lovlar turlari kesimida: 

tumanlar va shaharlar byudjetlari; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti; 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti; 

DMJ byudjetlari bo‘yicha shakllantiriladi. 
Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi jamlanma hisobot to‘lovlar turlari 
kesimida: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari 
bo‘yicha shakllantiriladi. 
To‘lovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan tegishli byudjetlarga 
ushlanmalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi va bir xilligini 
ta’minlash maqsadida moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat soliq 
xizmati organlari, bojxona organlari o‘rtasida to‘lovlar kontingenti tushumi, 
shuningdek ulardan byudjet tizimining tegishli byudjetlariga ajratmalar 


133 
to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining majburiy ravishda taqqoslanishi 
o‘tkaziladi. 
YaG‘Hga to‘lovlar kontingenti kelib tushishi va byudjet tizimi byudjetlari 
o‘rtasida to‘lovlarni taqsimlash jarayoni ustidan nazorat g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Kelib tushayotgan to‘lovlar kontingentini "O‘RMV" ATda tegishli tuman, 
shahar hududiy kodlari bilan ochilgan daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirish, to‘lovlardan ajratmalar me’yorlariga 
majburiy tartibda amal qilinishini ta’minlash, shuningdek kelib tushgan, 
qaytarilgan, 
hisobga 
olingan 
to‘lovlar 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning 
ishonchliligi va birxilliligini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash 
va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha choralar ko‘rish nazoratning vazifasi hisoblanadi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari har kuni YaG‘Hga mablag‘lar tushishi va ularni 
byudjet tizimi tegishli byudjetlari o‘rtasida taqsimlash jarayonini nazorat qiladi. 
YaG‘Hga pul mablag‘larini o‘tkazishda, shuningdek to‘langan to‘lovlar 
summasidan byudjet tizimi byudjetlariga ajratishda yo‘l qo‘yilgan xatolar 
to‘g‘rilanishi shart. 
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan moliya organlari hamda soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda 
to‘g‘rilanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling