D tashmuxamedova
Takrorlash uchun savollar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Takrorlash uchun savollar
1. Yagona g‘azna hisobraqamiga qanday ta’riflar berilgan? 2. Byudjet tizimi byudjetlarini boshqarishda yagona g‘azna hisobraqamining o‘rni qanaqa? 3. Xorijiy yagona g‘azna hisobraqamlari faoliyati qanday tashkil etilgan? 4. Respublika va hududiy g‘azna hisobraqamlarining mazmuni nima, tayinlanishi va yuritilish tartibi qanday? 5. Yagona g‘azna hisobraqamiga o‘tishning afzalliklari nimada? 6. Shaxsiy g‘azna hisobraqamlari qanday tartibda ochiladi va yuritiladi? 7. Shaxsiy g‘azna hisobraqamlarining qanday turlari mavjud? 8. Shaxsiy g‘azna hisobraqamlarini ochish vakolatiga qaysi organlar ega? 9. Yagona g‘azna hisobraqami va shaxsiy g‘azna hisobraqamlari qaysi axborot tizimi orqali yuritiladi? 10. Byudjet tasniflanishining g‘azna hisobraqamlari bilan qanday bog‘liqligi mavjud? 11. Byudjet daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamida yuritish tartibi qanaqa? 12. Byudjet xarajatlarini yagona g‘azna hisobraqamidan to‘lab berish qanday tartibda amalga oshiriladi? 102 13. Yagona g‘azna hisobraqamini yuritishning qanday muammolarini bilasiz? 14. Davlat moliyasini samarali boshqarishda yagona g‘azna hisobraqami faoliyatini samarali tashkil etishning qanday omillari mavjud? Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 1. Yagona g‘azna hisobraqamida daromadlarni kirim qilish va xarajatlarni to‘lash tartibini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va ularni izohlovchi xulosa yozing. 2. Respublika va hududiy g‘azna hisobraqamlaridan yagona g‘azna hisobraqamiga o‘tish davrida amalga oshirilgan tadbirlar va qabul qilingan me’yoriy hujjatlar sharhini keltiring. 3. Davlat byudjeti yagona g‘azna hisobraqamini yuritishning jahon tajribalarini o‘rganing va xulosalaringizni mustaqil ta’lim daftaringizda aks ettiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling