D tashmuxamedova
-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi tarkibidagi soliqlarning byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra guruhlanishi 40 40 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasi asosida Soliq tizimi Umumdavlat soliqlari Mahalliy soliqlar va yig‘imlar Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq Qo‘shilgan qiymat solig‘i. Aktsiz solig‘i Yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Yagona soliq to‘lovi Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq Mol-mulk solig‘i Yer solig‘i Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq Yagona yer solig‘i Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im 115 Davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi 41 . Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobga olinishi yoki byudjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o‘tkazib yuborilgan summalarning qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo‘lgan Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi, shuningdek, 2001-yil 19-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa operatsiyalarini amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 1009-sonli raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yo‘riqnomalar asosida bajariladi. Davlat byudjetining markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan respublika byudjetiga Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va majburiy to‘lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tartibga soluvchi soliqlar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Byudjet parametrlari to‘g‘risidagi maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo‘yicha respublika byudjetiga o‘tkaziladi. Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo‘yicha to‘lovlar to‘lig‘icha respublika byudjetiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining byudjetlariga o‘tkazilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlari byudjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliq to‘lovlarining normativlarga asosan taqsimlanadigan ma’lum qismi, mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar va boshqa xil yig‘imlar bo‘yicha to‘lovlar o‘tkaziladi. 41 Pulatov D. , Nurmuhammedova B. G‘aznachilik, Sano Standart, T. 2014. 116 Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to‘lovlarini bajarish yuzasidan zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlar va boshqa to‘lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika byudjetiga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika byudjetining asosiy hisob- kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining byudjetlariga o‘tkazib beriladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini yetarli va uzluksizligini ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g‘azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-martdagi (ro‘yxat raqami №02-02/1-860, 2016-yil 14-mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016-yilning 1-aprelidan 1-iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig‘ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2016-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi bilan to‘liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son "Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 117 to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaga ko‘ra 42 byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi jarayonida tegishli byudjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdori, daromadlarning kassa tushumlari hajmi va tegishli byudjetlarga va byudjetlardan daromadlar turi va manbasi bo‘yicha amalga oshirilgan qaytarish (hisobga olish) summalari bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan analitik hisob registrlari shakllantirilgan. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi "O‘RMV" ATda YaG‘Hni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. 3. Jismoniy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslardan milliy valyutadagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi va YaG‘Hga o‘tkaziladi. Byudjet tizimi byudjetlariga to‘lovlar tushumi bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritish va keyinchalik ularni byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida taqsimlash uchun Moliya vazirligi tomonidan "O‘RMV" ATda har bir tuman, shahar uchun har bir to‘lov turi bo‘yicha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar kesimida daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Bunda daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilgan to‘lovlar, To‘lovlar turi tasnifidagi 08201 - 08203, Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling