D tashmuxamedova


ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) kitobida


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi

IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar 
tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan 
tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‘imlar, 
badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida 
g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart. 
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib 
berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan 
to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Ayrim hollarda 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid 
qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi lozim bo‘lgan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar)ning turlari ro‘yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 
2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, 
ko‘mir, benzin, dizel yoqilg‘isi, mineral o‘g‘itlar, shuningdek, avia va temiryo‘l 
chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish 
oromgohlariga yo‘llanmalar ,barcha turdagi shahar yo‘lovchi transporti yo‘l 
kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 
foizgacha) oldindan to‘lov joriy etilgan.
 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalari, ularga kiritilgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tganidan va 
hisobga qo‘yilganidan so‘ng G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. Bunda shartnomalarda ko‘rsatilgan summalar G‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida 
hisobga olinadi.
IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli 
moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli 


200 
ro‘yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kapital 
ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar 
bundan mustasno.
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma 
qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, 
ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning 
ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga 
olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning 
(pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor 
qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga 
oshiriladi. 
Buyurtmachilarning (byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) 
bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari 
rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) 
tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini so‘rab 
oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish 
yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim 
qilinadi. 
Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar 
hajmi, mos ravishda, byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va 
BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi 
doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tanlov (tender) 
savdolari o‘tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo‘shimcha kelishuv 
bo‘yicha To‘lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa 
asosiy shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam 
bo‘lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin. 


201 
Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga 
bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan 
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo‘yicha shartnomalar 
tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va ulardan to‘lov 
summasi majburiy tartibda alohida ko‘rsatiladi. Mazkur shartnomalar 
g‘aznachilik bo‘linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo‘limi va kichik 
bo‘limi alohida ko‘rsatilgan holda ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali bilan birga 
taqdim etiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun 
shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir 
nusxada taqdim etiladi. 
IV guruh bo‘yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan – Davlat 
byudjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, 
xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda 
nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan 
moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib 
berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish 
tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda 
tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) 
birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko‘rsatilgan 
bo‘lishi lozim. 
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga 
muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari 
(schyotlar, kvitantsiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul 
qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish 
quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;

iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish 
jamg‘armasiga o‘tkazish; 

tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari umumiy 
hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan 


202 
mablag‘larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va 
rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lash. 
6-rasm. Shartnomalar tuzmasdan yuridik majburiyatlar yuzaga kelishiga 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling