D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

III guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar kapital qo‘yilma 
buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar 
(pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni 
ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) 
asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi 
shart. 
Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans 
to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari 
bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda 
ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal 
qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechiktirmasdan tuzilishi 
lozim, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin 
bo‘lgan hollar bundan mustasno. 
Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv 
mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib 
yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik 
manzillari va rekvizitlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. 
Kapital qo‘yilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga 
kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat byudjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, 
davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek 
xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari 
hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar 
bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish 
tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma 
buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish 


195 
kuni mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan summani shartnomada ko‘rsatilgan 
xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari 
mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, 
muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo‘yilma buyurtmachisi 
tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida 
ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning 
mavjudligini tekshiradi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling