D tashmuxamedova


Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni to‘g‘risida


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni to‘g‘risida.
1
 
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ma’lumotlari asosida.


186 
№ 
Hudud nomi 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar soni 
2012 y 
2013 y 
2014 y 
2015 y 
2016y 
2017y 

Qoraqalpog‘iston Res 
1872 
1905 
1918 
1916 
1889 
1883 

Andijon viloyati 
2183 
2211 
2214 
2200 
2189 
2194 

Buxoro viloyati 
1650 
1844 
1844 
1844 
1772 
1725 

Jizzax viloyati 
1382 
1396 
1415 
1413 
1396 
1389 

Qashqadaryo viloyati 
2542 
2504 
2482 
2538 
2542 
2542 

Navoiy viloyati 
1030 
1033 
1039 
1052 
1037 
1027 

Namangan viloyati 
1876 
2035 
2020 
2004 
1960 
1948 

Samarqand viloyati 
2864 
3023 
3011 
2962 
2844 
2869 

Surxondaryo viloyati 
2036 
2074 
2029 
2064 
2050 
2036 
10 
Sirdaryo viloyati 
974 
977 
988 
986 
982 
979 
11 
Toshkent viloyati 
2250 
2318 
2307 
2325 
2295 
2262 
12 
Farg‘ona viloyati 
2648 
2651 
2697 
2675 
2702 
2685 
13 
Xorazm viloyati 
1420 
1440 
1441 
1427 
1435 
1429 
14 
Toshkent shahri 
1269 
1359 
1370 
1343 
1318 
1270 
15 
Amaliyot boshqarmasi 
834 
916 
927 
902 
826 
826 
jami: 
26830 
27686 
27702 
27651 
27237 
27064 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi boshqarmalari 
va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2012-yil 668506ta, 2013-yil 1038009 
ta, 2014-yil 1268617 ta, 2015-yil 1348486 ta, 2016-yil 885075 ta, 2017-yilda 
843149 ta shartnomalar g‘aznachilikda ro‘yxatga olindi. 
2-jadval 
Ro‘yxatga olingan shartnomalar soni to‘g‘risida
1
 
 
№ 
Hudud nomi 
Ro‘yxatga olingan shartnomalar 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 

Qoraqalpog‘iston Resp. 
55 287 
69 327 
76 681 
86 728 
60 952 
60 455 

Andijon viloyati 
56 473 
82 614 
110 110 118 175 
80 260 
69 343 

Buxoro viloyati 
46 651 
72 133 
79 107 
83 781 
55 132 
54 261 

Jizzax viloyati 
23 451 
34 937 
41 678 
45 733 
37 781 
40 095 

Qashqadaryo viloyati 
34 426 
54 887 
59 723 
65 960 
51 402 
43 753 

Navoiy viloyati 
23 751 
36 124 
45 314 
49 142 
33 372 
33 401 
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ma’lumotlari asosida.


187 

Namangan viloyati 
46 023 
75 956 
95 619 
99 954 
60 840 
58 125 

Samarqand viloyati 
50 679 
90 147 
109 455 111 756 
68 480 
71 073 

Surxandaryo viloyati 
37 225 
61 230 
73 812 
88 074 
66 998 
69 352 
10 
Sirdaryo viloyati 
17 923 
28 569 
36 863 
41 710 
31 509 
29 009 
11 
Toshkent viloyati 
58 999 
86 175 
105 934 120 663 
72 468 
64 796 
12 
Farg‘ona viloyati 
80 713 
130 748 174 001 168 630 
95 472 
87 125 
13 
Xorazm viloyati 
37 145 
66 544 
77 433 
79 716 
47 853 
46 849 
14 
Toshkent shahri 
44 225 
70 443 
81 687 
82 267 
51 211 
48 487 
15 
Amaliyot boshqarmasi 
55 535 
78 175 
101 200 106 207 
71 345 
67 025 
J A M I 
668 506 
1 038 
009 
1 268 
617 
1 348 
496 
885 075 843 149 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi boshqarmalari 
va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2012-yil 95102 ta, 2013-yil 118506 
ta, 2014-yil 112738 ta, 2015-yil 142999 ta, 2016-yil 101789 ta, 2017-yilda 
103800ta 
shartnomalar 
g‘aznachilikda ro‘yxatga olinmasdan byudjet 
tashkilotlariga qaytarildi. 
3-jadval
 
Ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar coni to‘g‘ricida. 
Yillar 
JAMI 
Shu jumladan 
ro‘yxatga olingan 
shartnomalar 
qaytarilgan 
shartnomalar 
soni (%) 
summasi 
(%) 
soni (%) 
summasi (%) 
soni (%) 
summasi (%) 
2013 
100 
100 
89,8 
82,9 
10,2 
17,1 
2014 
100 
100 
87,5 
89,6 
12,5 
10,4 
2015 
100 
100 
90,4 
87,1 
9,6 
12,9 
2016 
100 
100 
89,7 
89,2 
10,3 
10,8 
2017 
100 
100 
89,0 
88,7 
11,0 
11,3 
Yuridik majburiyatlar bo‘limlarida ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar 
hajmi 2013–2017-yillar davomida 17,1%dan 11,3%ga kamayganini tahlili shuni 


188 
ko‘rsatadiki, xo‘jalik sharnomalarini shakllantirish va taqdim etish tartibiga qat’i 
rioya etilishi talab etiladi. 
6.2. Xo‘jalik shartnomasini shakllantirish tartibi 
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha muassasa va 
tashkilotlari o‘rtasidagi, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib berish bilan bog‘liq 
munosabatlar muayyan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar asosida tashkil 
etiladi. Bunday munosabatlarga kirishgan taraflar o‘rtasida tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib berish xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
Kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy 
bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son, 29.08.1998.) 
shular jumlasidandir.
Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha 
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki 
bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Shuningdek, Fuqarolik 
Kodeksi bilan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin 
ekanliklari, shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq 
olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday 
shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma ekanligi, shartnoma bo‘yicha bir taraf 
Xo‘jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda 
tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish 
yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa 
tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini 
to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
 


189 
ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani 
berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma 
hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki 
mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan 
shartnoma hisoblanishi kabilar belgilab qo‘yilgan. 
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy 
bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, tadbikorlik 
faoliyati sohasidagi shartnomaviy 
munosabatlarning asosiy 
prinsiplari 
quyidagilardan iborat (4-rasm): 
 
4-rasm. Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari 
 
Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar hech 
kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o‘zaro manfaatdorlik asosida 
shartnoma tuzishlari, shartnoma shartlarida belgilangan talablarni so‘zsiz 
bajarishlari, shartnoma shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent 
oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun bilan 
mustahkamlab qo‘yilgan.
Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta 
(shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi 
Shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari 
Xo’jalik shartnomalarini 
tuzish erkinligi
Taraflarning o’zaro 
manfaatdorligi
Shartnoma intizomiga 
rioya etish
Taraflarning o’zaro 
mulkiy javobgarligi


190 
(taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning 
barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik 
shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 
Xo‘jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko‘rilishi kerak. 
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz 
baravaridan ortiq summadagi xo‘jalik shartnomalari xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma 
xulosasidan keyingina tuziladi. 
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

xo‘jalik shartnomasida ko‘rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari 
bilan tartibga solinishi; 

xo‘jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos 
kelish-kelmasligi; 

taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun 
hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi. 
Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining 
talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa 
ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. 
Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq 
yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan 
hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) 
kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi 
miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib 
berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar 
bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma 
majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini 


191 
kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki 
xizmatlarni ko‘rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. 
Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati 
xususiyatiga ko‘ra o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga 
oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish 
sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda 
yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, 
mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy 
shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni 
boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno. 
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy 
shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib 
belgilanadi, qonun hujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun 
imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno. 
Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar 
ko‘rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy 
shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‘lgan 
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling